Sevmash "Borey-A" va "Yasen-M"larni topshirishga tayyorlayapti: Rossiya HDK qanchalik o‘zgaradi

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Mediabankka o‘tishRepetitsiya parada ko Dnyu VMF v gorodax Rossii
Repetitsiya parada ko Dnyu VMF v gorodax Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya harbiy-dengiz floti yana 10ga yaqin yangi suv osti kemalarini qabul qilib olgach, 80 tagacha submarinalarga ega bo‘ladi. Shu jumladan, "Borey-A" loyihasining ikkita strategik kreyseri, ikkita "Yasen-M" ko‘p maqsadli suv osti kemasi  va bitta "Varshavanka"ga.

"Sevmash" korxonasida bu yil dengizda sinovdan o‘tkaziladigan kemalarni topshirish guruhlari tuzilgan. Bu shuni anglatadiki, iqtisodiy qiyinchiliklar va koronavirus pandemiyasiga qaramay, Rossiya harbiy-dengiz floti (HDF) manfaatlarini ko‘zlab ikkita atomli suv osti kemalari guruhi muvaffaqiyatli qurilmoqda.

Protivolodochniy samolet Il-38N - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Il-38 samolyoti AQSh harbiy kemasi oldidan uchib o‘tdi - video

"Yasen-M" va "Borey-A" submarinalari loyihalari tayyorgarlik darajasi turlicha: "Knyaz Vladimir" HDFga topshirilishga tayyorlanmoqda, "Kazan" sinovlardan o‘tmoqda, "Belgorod" va "Novosibirsk" o‘tgan yili ellingdan (kemani qurishga mo‘ljallangan inshootdan) chiqarildi. Rossiya tez fursatlarda dunyo okeanining istalgan joyida mamlakat manfaatlarini himoya qilishga va NATOning bir tomonlama harbiy hukmronligiga yo‘l qo‘ymaslikka qodir yangi suv osti flotini yaratmoqda. Rossiya HDF o‘z tarkibiga  10 tagacha yangi suv osti kemalarini qabul qilib, 80 tagacha submarinalarga ega bo‘ladi. Shu jumladan, "Borey-A" loyihasining ikkita strategik kreyseri, ikkita "Yasen-M"ko‘p maqsadli suv osti kemasi  va bitta "Varshavanka"ga. Ta’kidlab o‘taman, suv osti kemalari insoniyatning eng murakkab va mukammal qurolidir.

Rossiya Federatsiyasining strategik suv osti kuchlarini yangilash - yadroviy jilovlash va milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosidir. 12-may kuni Severodvinskdan Oq dengizga davlat dengiz sinovlari uchun yo‘l olgan raketali strategik suv osti kreyser(RPKSN) Rossiyaning o‘sib borayotgan mudofaa salohiyatini namoyon qilmoqda. Bir necha kun davomida o‘tkaziladigan barcha tizimlar va imkoniyatlarning suv usti va osti holatida to‘liq tekshiruvidan so‘ng, kemaning Shimoliy flotga kiritilish sanasi aniqlanadi. Sinovlarning asosiy qismini, shu jumladan, raketalardan o‘t ochishni, "Borey-A" loyihasining bosh kemasi bo‘lgan "Knyaz Vladimir" RPKSN 2019-yil oxirida o‘tgan.

Samolet Su-24 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Su-24lari va Amerika Donald Cook kemasi: Boltiqbo‘yi mintaqasida nima ro‘y bermoqda

To‘rtinchi avlod

Rossiya dengiz floti allaqachon uchta strategik "Borey"ga ega: "Yuriy Dolgorukiy", "Aleksandr Nevskiy" va "Vladimir Monomax". Bu seriyada bosh kema "Yuriy Dolgorukiy" raketa tashuvchisi bo‘ldi (Shimoliy flot tarkibiga 2013-yilda qo‘shilgan). Dastlabki uchta kemaning har biri o‘z shaxtalarida 16dan "Bulava" qit’alararo ballistik raketalari (MBR)ga ega, keyingilari ko‘proq raketalarga ega bo‘lishi mumkin (xususiyatlari oshkor etilmagan). Eslatib o‘taman, Rossiya Mudofaa vazirligi HDFga qo‘shimcha ikkita Borey-A 955A raketa tashuvchisini yetkazib berishni rejalashtirgan, va shuning bilan seriya 8 tadan 10 ta kemagacha ko‘paytiriladi.

To‘rtinchi avloddagi o‘nta strategik suv osti kemalari (uchta "Borey" va yettita "Borey-A") yaqin o‘n yilliklar davomida Rossiya yadro triadasining dengizdagi asosi bo‘lib qoladi, kamida 160 "Bulava" raketalarini o‘z ichiga oladi, bu har biri 100-150 kilogramm bo‘lgan 1600 dona bo‘linadigan jangovar kallacha degani. Raketaning harakatlanishi maksimal radiusi - 8000 kilometr. "Bulava" dushmanning raketaga qarshi mudofaasini chetlab o‘tishning zamonaviy tizimi, yuqori tezlik va manevrlilikka, quvvatli qattiq yoqilg‘ili dvigatel, kichik hajm va boshqa dengizda joylashgan mukammal qurolga munosib hususiyatlarga egadir.

Amerikanskaya podvodnaya lodka vsplila radom s rossiyskoy bazoy v Arktike - Sputnik O‘zbekiston
AQSh suv osti kemasining namoyishkorona muzni yorib chiqishi biroz o‘xshamay qoldi

Kuchlar muvozanati va davlat manfaatlarini himoya qilish uchun ehtimoliy dushmanning suv osti raketa tashuvchilarining ko‘p maqsadli "ovchilari" ham muhimdir (ularning vazifasi jangovar patrul hududida AQSh suv osti kemalari va NATOning boshqa yadroviy davlatlarini kuzatib borishdir). Takomillashtirilgan qilingan "Yasen-M" loyihasining birinchi seriyali ko‘p maqsadli "Novosibirsk" suvosti kemasi 2019-yil oxirida suvga tushirildi. Tez orada "Novosibirsk" HDF tarkibiga kiritiladi. Rossiya floti ushbu seriyadagi 7 ta kemani oladi.

"Yasen-M" loyihasining suv osti kemalari minalar, 533 millimetrlik torpedalar, "Kalibr" va "Oniks" qanotli raketalari, shuningdek, gipertovushli "Sirkon"lar bilan qurollangan. Bortida radioelektron qurollarning mukammal majmualari mavjud. 13800 tonna suv hajmiga ega ushbu turdagi kam seziladigan ko‘p maqsadli suv osti kemalari 520 metr chuqurlikka sho‘ng‘ishga qodir. Avtonom xolatda turish - 100 kun, suv osti tezligi - 31 uzel. Ekipaj 64 kishidan iborat. "Yasen"loyihasining buyuk xususiyatlari haqida quyidagilar dalolat beradi: Atlantika okeanidaAQSh harbiy-dengiz kuchlari bir necha hafta davomida Rossiyaning "Severodvinsk" suv osti kemasini topa olmagan. Xizmatning xususiyatlari ana shunday.

Podvodniy kreyser Knyaz Vladimir vozobnovil zavodskie xodovie ispitaniya - Sputnik O‘zbekiston
NI dunyoni 30 daqiqada yo‘q qilishga qodir suv osti kemalarini ma’lum qildi

Belgilangan vaqtda, suv osti kemasi dengizga chiqadi va sho‘ng‘ish joyida hech qanday iz qoldirmaydi. Ekipaj xato qilishga haqqi yo‘q va katta chuqurlikda, quyosh nurlarini ko‘rmay, ob-havo o‘zgarishini sezmasdan shiddatli xizmatni o‘taydi. Nafas olish uchun havoni regeneratsiya tizimi ta’minlaydi. Qo‘yilgan vazifa bajarilganidan so‘ng, suvosti kemasi xuddi shu shung‘ish nuqtasida yuzaga chiqadi, ba’zan bir necha oylar o‘tgach. Bu strategik va ko‘p maqsadli suv osti kemalarining afzalliklari uchun muqarrar to‘lovdir: yashirinlilik, ob-havoga qaram bo‘lmaslik, dunyo okeanining istalgan qismida jangovar operatsiyalarni bajarish, shu jumladan Arktik muzining ostidan raketa hujumlari.

Bugungi kunda Rossiya beshinchi avlod yadro suv osti flotiga asos solmoqda. Buning uchun qurollar turi yangilanmoqda, maqsadli belgilash, aloqa va boshqarishning ilg‘or vositalari, shuningdek avtomatlashtirilgan razvedka tizimlari joriy qilinmoqda. Beshinchi avlod atomli suv osti kemalarining loyihalash HDFning asosiy talablariga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshirilmoqda - yashirinlikni sezilarli darajada oshirish va qurol tizimini mukammallashtirish. Dushman ritorikasining kuchayib borishi va G‘arbning qoloq, tushkunlikka tushgan "benzokolonka-Rossiya" qiyofasini shakllantirishga urinishlariga qaramay, Rossiya Federatsiyasining ko‘plab texnologik cho‘qqilari boshqa mamlakatlar uchun yetishib bo‘lmasdir.

G‘arbning g‘azabi

Amerika mutaxassislari Rossiya "bortida qit’alararo ballistik raketalarga ega 955A "Borey" loyihasining g‘ayrioddiy imkoniyatlari bor, yadroli suv osti kemalarini qurayotganini" tan olishga majbur. The Drive nashri "Knyaz Vladimir" RPKSNning e’lon qilingan xususiyatlari, shovqinni sezilarli darajada kamaytiradigan va suv osti kemasini samaradorligini oshiradigan konstruktorlik yechimlari haqida tashvish bildiradi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, "Borey" loyihasi kreyserining qurilish qiymati 400 million dollargacha yetadi. Taqqoslash uchun, AQShning ko‘p maqsadli Virginia suv osti kemasi Pentagonga 2,5 milliard dollarga tushadi. Shu bilan birga, to‘rtinchi avlodli Virginia shu qadar shovqinli va nomukammal bo‘lganki, jangovar vazifalarni muvaffaqiyatli bajara olmaydi (maxfiylikni yo‘qotish suvosti kemasi uchun halokatli).

S podvodnogo kreysera Yuriy Dolgorukiy zapustili chetire raketi Bulava po poligonu Kura - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya suvosti kemalari “Bulava” va “Sineva” ballistik raketalarini ishga tushirdi

Rossiya HDFda yangi "Knyaz Vladimir" strategik raketa tashuvchisining paydo bo‘lishi amerikaliklar va ularning ittifoqchilari tomonidan javob berib bo‘lmaydigan mushkullik sifatida qabul qilinadi. Dunyo okeanida yangi gidroakustik tizimlarini (SOund SUrveillance System tizimiga o‘xshash) rivojlantirishni moliyalashtirishga ehtiyojni paydo qiladi(bu juda qimmat va dushmanni 100 foiz aniqlab olish kafolatini bermaydi). Ammo, "Borey"ga jangovar topshiriqni bajarish uchun okeandagi suvosti kemalariga qarshi to‘siqlarni kesib o‘tishga hojat yo‘q - "Bulava" KBR o‘zining pirslaridan ham uchirilishi mumkin.

AQShda "Yasen" loyihasi yaxshigina ma’lum va hom-xayollarga berilishmayaptilar. Nufuzli The National Interest nashri "Severodvinsk" atomli suv osti kemasi yadro yoki odatiy variantdagi 32 dona 3M-14K "Kalibr" qanotli raketalari bilan qurollanganligini va bu raketalar 2500 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tishga qodir ekanligini ma’lum qildi. "Yasen" sinfidagi suv osti kemalari yuqori tezlikka eka, o‘ta shovqinsiz, juda sezgir sensorlar bilan jihozlangan, shuning uchun ular "AQShning asosiy hududiga tahdiddir ". Bundan tashqari, Amerika nashri "Severodvinsk" va "Kazan" Amerikaning sharqiy sohillaridan 1000 kmgacha yaqinlashib, "Buyuk ko‘llar, Chikago yoki Sent-Luisda joylashgan nishonlarga"Severodvinsk" i "Kazan" zarba berishi mumkinligini ta’kidlaydi. Nima sababdan Rossiyaning ko‘p maqsadli suv osti kemalari AQShning quruqlikdagi nishonlariga zarbalar berishlari kerakligi tushuntirilmadi.

AQSh Rossiyaga qarshi turish uchun robotlashtirilgan kemalar flotini yaratmoqchi - NI

Nima bo‘lganda ham loyihaning "ovchilari" asosan dushmanning aviatashuvchi hujum guruhlarini hamda tashuvchisiga asoslangan hujum guruhlarini va "Ogayo" (har birida 12 tagacha 475 kilotonnlik W88 yadroviy kallacha o‘rnatilgan UGM-133 "Traydent" II D5 tipidagi 24 ta ballistik raketalar bilan qurollangan) tipidagi strategik suv osti raketa tashuvchilarini yo‘q qilishga qaratilgan.

Zamonaviy rus strategik suv osti kreyserlari va ko‘p maqsadli suv osti kemalari dushmanning muqarrar yo‘q qilinishi uchun yaratilgan va okeanlarda mavjudligining o‘zi bilan mamlakatni himoya qiladi. Rossiya dunyoning istalgan burchagida milliy manfaatlarni ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan HDFni kuchaytirishda davom etmoqda. Rossiyaning o‘sib borayotgan mudofaa potensialidan Shimoliy Atlantika alyansidagi "hamkorlar" qayg‘uda, ammo ular ehtimoliy harajatlarni hisoblab chiqishni yahshigina biladi va bu jihat bizning ko‘p qutbli dunyoimizning nisbatan barqarorligini kafolatlab turadi.

Yangiliklar lentasi
0