TOShKENT, 23-may - Sputnik. O‘zbekiston sement importiga cheklovni bekor qildi. Bu haqda "Koronavirus pandemiyasi davrida tibbiy buyumlar uchun xomashyo eksporti va sement importini vaqtinchalik cheklash to‘g‘risida"gi Hukumat qarorida ko‘zda tutilgan.
Hukumatning 2020-yil 23-apreldagi qaroriga muvofiq O‘zbekistonga sement importi vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, sement mahsulotini import bo‘yicha olib kirishga joriy qilingan cheklov 2020-yilning 23-mayidan boshlab bekor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘zbekistonda 2022-yilning 1-yanvariga qadar barcha sement ishlab chiqaruvchi korxonalarga avtomatik stansiyalar o‘rnatish rejalashtirilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu avtomatik stansiyalar sement zavodlaridan chiqadigan zararli moddalarni tahlil qiladi.