Rossiya IIV patent asosida ishlash tartibi bo‘yicha qo‘shimcha izoh berdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishVidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agar patentning amal qilish muddati 2020-yil 15-martdan 15-iyungacha bo‘lgan davrda tugasa, u avtomatik ravishda 93 kunga uzaytiriladi, deyiladi Rossiya IIV xabarida

TOShKENT, 23-may - Sputnik. Rossiya IIV migrantlarning patent asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish tartibiga qo‘shimcha izoh berdi.

OTMENA OPLATI PATENTA! | Sroki deystviya, prodlenie dokumentov i kak rabotat v karantin | FMR - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada migrantlar uchun patent to‘lovi bekor qilindi – batafsil videoda

Koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan 2020-yil 18-aprelda qabul qilingan Rossiya Federatsiyasi Prezidentining farmoniga muvofiq Rossiya Federatsiyasi hududida chet el fuqarolarining qonuniy bo‘lishi huquqini beruvchi barcha hujjatlar, shu jumladan patentlarning amal qilish muddati 2020-yil 15-iyungacha uzaytirilgan.

Agar patentning amal qilish muddati 2020-yil 15-martdan 15-iyungacha bo‘lgan davrda tugasa, u avtomatik ravishda 93 kunga uzaytiriladi.

Patentning amal qilish muddatini uzaytirish uchun hech qanday to‘lov talab qilinmaydi. Ish beruvchilarning xorijiy fuqarolardan avans to‘lovlarini to‘lashni talab qilishi asossizdir.

Patentga ega bo‘lmagan xorijiy fuqarolar ushbu muddat davomida patent rasmiylashtirmasdan mehnat faoliyatini olib borishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0