Rahmon Tojikistonda kasallik ko‘payishining asosiy sababini aytdi

© Press-slujba Prezidenta Respubliki Tadjikistan Prezident Respubliki Tadjikistan Emomali Raxmon
Prezident Respubliki Tadjikistan Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakatda kasalliklar soni ko‘payishining asosiy sababini aytdi.

TOShKENT, 22-may — Sputnik. Tojikiston yetakchisi Emomali Rahmon kuni kecha sog‘liqni saqlash tizimi vakillari bilan uchrashuvda nutq so‘zlab, mamlakatda koronavirus bilan kurashish uchun ko‘rilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarga to‘xtaldi. Sputnik Tojikiston xabariga asosan.

Prezident Respubliki Tadjikistan Emomali Raxmon i mer goroda Dushanbe Rustam Emomali - Sputnik O‘zbekiston
Go‘zal alvon lolalar: Emomali Rahmon o‘g‘li bilan poytaxt bog‘larini ko‘zdan kechirdi – foto

Rahmon vazirlik va idoralarga koronavirusga qarshi kurash choralarini kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Uning fikriga ko‘ra, respublika aholisining sog‘lig‘iga ortiqcha vazn salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

"Ortiqcha vazn keyinchalik diabet va qon tomir kabi kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin", - dedi Rahmon.

Prezident koronavirus bilan kasallanish kam bo‘lgan hududlarda odamlar harakatchan, dalada ishlashi, ortiqcha vazndan aziyat chekmasligi, yaxshi immunitetga ega ekanligiga e’tibor qaratish zarur, deb ta’kidladi.

Rahmon sog‘lom ovqatlanish uchun yil bo‘yi meva va sabzavotlar borligini eslatdi.

Shuningdek, prezident nafaqat koronavirusga chalingan bemorlar tibbiy yordamga muhtojligi, xavf ostida bo‘lganlarga ham e’tibor berish zarurligini alohida ta’kidladi.

"Koronavirus bilan og‘rigan bemorlardan tashqari, tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan boshqa odamlar ham borligini unutmasligimiz kerak: diabet, yurak xastaliklari bilan og‘riganlar", - dedi davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda 30-aprelda ilk koronavirus holati aniqlangan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, respublikada kasallik aniqlangan bemorlar soni 2350 taga yetdi, 44 kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0