TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Dushanbe meri Rustam Emomali poytaxtning qator bog‘larga tashrif buyurdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.
Dastlab ular Axmad Donish nomidagi boqqa kelishdi. Bog‘ni obodonlashtirish maqsadida millionga yaqin lolalar ekilgan.
Mamlakat rahbari tashrif davomida noyob dekorativ gullar va daraxtlar o‘stirish va parvarishlash ishlari bilan tanishdi.
Bog‘da favvoralar, gulchambarlar bilan bezatilgan yo‘lakchalar, rang-barang chiroqlar, skameykalar, inson salomatligi uchun foydali bo‘lgan noyob daraxtlar ekilgan.
Bundan tashqari, Emomali Rahmon o‘g‘li bilan Buyuk Kir parkiga kelishdi. Uning hududida mini-futbol, tennis kort, sport maydoni tashkil etilgan.
Bog‘ ishchilari tomonidan bu mavsumda 26 turdagi 552 ming dona lola ekilgan.
Shuningdek, mamlakat rahbariyati “Navro‘zgoh” parkiga ham tashrif buyurdi. U yerda ko‘plab noyob daraxtlar, 5 ming turli lola, olxo‘ri, gilos va magnoliya ko‘chatlari ekilgan.
Ta’kidlanishicha, katta go‘zal sharshara va favvoralar “Navro‘zgoh” parkining asosiy bezagi hisoblanadi.
Prezident Emomali Rahmon poytaxt bog‘lari bilan tanishgandan so‘ng, ko‘cha va xiyobonlarni, shuningdek, dam olish maskanlarini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.