O‘rik foydasi va zarari haqida – parhezshunos maslahati

© Pixabay / Steve BuissinneAbrikosi
Abrikosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva sog‘liqni saqlash departamenti bosh parhezshunos-shifokori Antonina Starodubova o‘rik foydali va zararli tomonlari haqida o‘z fikrlarini aytdi.

TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘rikni meyoridan ortiq daraja iste’mol qilish nafaqat ovqat hazm qilish muammolariga, balki allergik reaksiyalarga olib kelishi mumkin.

Gamburger - Sputnik O‘zbekiston
Barvaqt qarishga olib keluvchi mahsulotlar - olimlar tadqiqoti

Bu haqda Moskva sog‘liqni saqlash departamenti shtatdan tashqari bosh parhezshunos-shifokori Antonina Starodubova o‘z fikrlarini bildirdi.

Mutaxassis ta’kidlashicha, odamda ichakdagi achish (fermentatsiya) jarayonlarining rivojlanishi tufayli oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi mumkin.

O‘rik tarkibida A, V, V1,S, E vitaminlari, beta-karotin, shuningdek asab va yurak qon tomir tizimi uchun zarur bo‘lgan - magniy, fosfor, yod, temir va kaliy moddalari mavjud bo‘lib, ular immunitetni mustahkamlash, infeksion kasalliklar xavfini kamaytirishga yordam beradi.

Oziqa tolalarining yuqori miqdorda bo‘lishi xolesterin darajasini normallashtirishga yordam beradi va oshqozon-ichak trakti faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi.

Ammo, barcha foydali xususiyatiga qaramay, sog‘lom odam kuniga 250-300 grammdan ortiq bo‘lmagan miqdorda o‘rik iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Bundan tashqari, o‘rik danagini yeyish kerak emas – ularda amigdalin moddasi mavjud. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bu modda hatto kichik miqdorda ham insonga xavfli bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0