Gitler avvalo SSSR xalqlarini yo‘q qilishni rejalashtirgan - nemis diplomati

© Sputnik / B. Fishman / Mediabankka o‘tishSovetskie vrachi i predstaviteli Krasnogo Kresta sredi uznikov Osvensima v pervie chasi posle osvobojdeniya lagerya
Sovetskie vrachi i predstaviteli Krasnogo Kresta sredi uznikov Osvensima v pervie chasi posle osvobojdeniya lagerya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Adolf Gitler o‘zining dasturiy kitobida yahudiylardan ham avval SSSR xalqlarini yo‘q qilishni yoki qul qilishni rejalashtirgan deydi nemis diplomati.

TOShKENT, 8-may - Sputnik. Adolf Gitlerning genotsid bo‘yicha dasturi asosan yahudiy millatiga mansub bo‘lmagan SSSR xalqlariga tegishli bo‘lgan, dedi Bruno Malov, nemis diplomati, Germaniya Sotsialistik Birlik Partiyasi (SEPG) markaziy qo‘mitasining xalqaro bo‘lim boshlig‘i va Germaniyadagi "LINKE" chap qanotli partiyasi fahriylar kengashi a’zosi RIA Novosti bilan suhbatda.

"Gitlerning dasturiy kitobida ... halqlarni yo‘q qilish - genotsidi bo‘yicha dasturi bo‘lgan. Va bu dastur nafaqat yahudiy millatiga mansub kishilarga, balki, avvalo, yo‘q qilinishi yoki qul qilinishi rejalashtirilgan SSSR xalqlariga ham tegishli bo‘lgan",- deya tushuntirdi diplomat.

Tinchlik uchun harakat va Sovet Ittifoqi bilan do‘stlikning ahamiyati yorqin ifodalangan GDRdan farqli o‘laroq, sobiq G‘arbiy Germaniyada millatchi-sotsializm tajribasini tarixiy anglash  va sobiq fashist jinoyatchilarining keng qamrovli fosh etilishi bo‘lmagan, deb hisoblaydi Malov. Uning so‘zlariga ko‘ra, "ko‘pchilik vermaxt safida bo‘lib, SSSRga qarshi kurashgadan uyatda bo‘lgan".

Malov, shuningdek, nemislarning yosh avlodi "ularga hech qanday aloqasi yo‘q" deb izohlab, bu mavzuni muhokama qilishni nihoyasiga yetkazish vaqti keldi va bu juda uzoq vaqt oldin bo‘lgan deb hisoblashadi.

"Men bunga har doim shunday deyman: bo‘lgan ishlar uchun siz javobgar emassiz, lekin siz, shu jumladan bu takrorlanmasligi uchun, tarixni bilishingizga  javobgarsiz", - deb tushuntiradi Bruno Malov.

Diplomat shuningdek jurnalistlarning iltimosiga ko‘ra Germaniya poytaxtida natsistlar qo‘shinlari taslim bo‘lganining 75-yilligi sharafiga 2-may kuni Berlinda Ukrainaning Germaniyadagi elchisining u bilan gul qo‘yishidan voz kechganligiga izoh berdi.

Malovning so‘zlariga ko‘ra, "G‘alaba bayramini nishonlash hech qanday siyosiy vaziyatga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas" va "2013 yilda Ukrainada boshlangan inqiroz, Berlinni, keyin Germaniyani, Yevropani va umuman butun dunyoni fashizmdan ozod qilgan Sovet jangchilarining buyuk jasoratiga hech qanday aloqasi yo‘q".

Avvalroq Sputnik radiosi tarixchi Gitlerni 1945-yil may oyida qutqarib qolinganligi haqidagi nazariyani rad etgani haqida xabar bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0