O‘zbekistonda koronavirus: kunning asosiy xabarlari

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishTestirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19
Testirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugunning o‘zida respublika bo‘ylab 34 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 81 foizga yetdi.

TOShKENT, 20-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikada koronavirus bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy xabarlarni to‘pladi.

Sentralnaya ploshad Termeza Alpomish. - Sputnik O‘zbekiston
Yana bir viloyat koronavirusdan xoli hududlar safiga qo‘shildi

Bir sutka davomida 102 kishida koronavirus aniqlandi, SSV oxirgi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2 927 nafarni tashkil qilmoqda.

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 28 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar, 19 nafari xorijdan (15 nafari Qozondan, 4 nafari Sankt-Peterburgdan charter reyslari orqali) kelgan va karantin markaziga joylashtirilgan shaxslar orasidan qayd etildi.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 34 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublikada 2372 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi.

Ayni paytda 542 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 81 foizni tashkil qilmoqda.

Xushxabar: yana bir koronavirusdan xoli hudud

Surxondaryo viloyati ham koronavirusdan xoli hududga aylandi. Surxondaryo viloyatida so‘nggi koronavirusga chalingan bemor tuzaldi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Ushbu viloyati ham Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari kabi koronavirusdan xoli hududlar safidan o‘rin oldi.

XVF yordami

Xalqaro valyuta jamg‘armasi direktorlar kengashi koronavirus bilan kurashish uchun respublikaga 375 million dollar ajratishga qaror qildi. Fond ushbu ko‘mak O‘zbekistonning to‘lov balansini budjetdan moliyalashtirish bo‘yicha ortib borayotgan ehtiyojini qondirishga yordam berishini ma’lum qildi.

Kompyuternoe izobrajenie, sozdannoe kompaniyey Nexus Science Communication sovmestno s Triniti kolledjem v Dubline, pokazivayet model, strukturno predstavlyayushuyu betakoronavirus, kotoriy yavlyayetsya tipom virusa, svazannogo s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoning ikki chekkasida “koronavirus” shaklida do‘l yog‘di – foto

Shuningdek, Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi.

“COVID-19 pandemiyasining salbiy oqibatlari butun dunyo hamjamiyatiga ta’sir qilayotgan bugungi favqulodda sharoitda men mamlakatingizdagi qiyinchilik va xatarlarni yengib o‘tishda O‘zbekiston xalqi bilan birdam ekanimni bildirmoqchiman. Virus tarqalishiga qarshi kurashish, sog‘liqni saqlash sohasiga xarajatlarni oshirish, aholi va biznesni qo‘llab-quvvatlash borasida Siz tomondan ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar inqiroz ta’sirini yumshatishga xizmat qiladi,” – deyilgan maktubda.

Bitiruv imtihonlari

Joriy o‘quv yilida O‘zbekistonning o‘rta ta’lim maktablarida bitiruv imtihonlari koronavirus tufayli bekor qilindi. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.

“Prezidentning karantin paytida aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalarini bajarish maqsadida, hamda ota-onalarning ko‘plab murojaatlarini inobatga olgan holda, Halq ta’limi vazirligi joriy o‘quv yilida yakuniy imtihonlarni bekor qilishga qaror qildi", - deyiladi bayonotda.

Shermatovning so‘zlariga ko‘ra, istisno sifatida maktablarga o‘quvchilarga o‘quv yilining uch choragida berilgan baholar asosida yakuniy baholarni belgilash tavsiya etiladi.

Poytaxt asta-sekin avvalgi hayotga qaytmoqda

Tashkent City saylgohi bugundan yana ishga tushdi. Ammo ba’zi cheklovlar bor: restoran va kafelar hozircha ishlamayapti, barcha tashrif buyuruvchilar niqib taqib, o‘zaro masofani saqlab yurishlari shart.

Dunyo va “Tojdor dushman”

COVID-19 dunyoning 188 davlatga yetib bordi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan kishilarning soni sal kam 5 millionga yetdi, 323 ming kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0