Dunyoning ikki chekkasida “koronavirus” shaklida do‘l yog‘di – foto

© REUTERS / NEXU Science CommunicationKompyuternoe izobrajenie, sozdannoe kompaniyey Nexus Science Communication sovmestno s Triniti kolledjem v Dubline, pokazivayet model, strukturno predstavlyayushuyu betakoronavirus, kotoriy yavlyayetsya tipom virusa, svazannogo s COVID-19
Kompyuternoe izobrajenie, sozdannoe kompaniyey Nexus Science Communication sovmestno s Triniti kolledjem v Dubline, pokazivayet model, strukturno predstavlyayushuyu betakoronavirus, kotoriy yavlyayetsya tipom virusa, svazannogo s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Antiqa ko‘rinishdagi do‘l dunyoning qarama-qarshi qismida joylashgan davlatlarda yog‘di. Uning shakli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratda qoldirdi.

TOShKENT, 20-may — Sputnik. Xitoy va Meksikada koronavirus shaklida do‘l yog‘di.

Model na pokaze avstraliyskogo dizaynera Ten Pieces vo vremya Avstraliyskoy nedeli modi v Sidnee - Sputnik O‘zbekiston
Qaysi davlatlar “tojdor dushman” ustidan g‘alaba qozondi

Daily mail nashri yozishicha, Meksikaning shimolidagi Nuevo Leon shtatining hayratga tushgan aholi ijtimoiy tarmoqlarda muz bo‘laklarining suratlarini joylashtirishdi.

Suratda do‘lda COVID-19ga o‘xshash "tikanlar" borligini ko‘rish mumkin.

Ayniqsa dindor foylanuvchilar, bunday tabiiy hodisa “dunyo yaratuvchisidan kelgan xabar” bo‘lishi mumkin, deya taxmin qildilar.

Shunga o‘xshash suratlar bilan Xitoyning Sindao shahrida yashovchi Arlene Lee ham o‘rtoqlashdi.

“Kechasi Sindaoda mana shunday do‘l yog‘di!”, - deb yozdi ayol.

O‘z navbatida, Jahon meteorologiya tashkilotining meteorologi va maslahatchisi Joze Migel Vinas bu ko‘rinishdagi do‘l g‘ayrioddiy hodisa emasligini ta’kidladi.

"Bo‘ron paytida do‘l mayda sharsimon shaklda boshlanadi va ustida muz qatlami to‘planadi. Kuchli bo‘ronlar paytida, do‘l yetarlicha kattalashib, parchalanadi, ko‘plari majaqlanib, bir-birlariga qo‘shiladi va shunday muz tikanlarini hosil qilishadi" - deya tushuntirdi meteorolog.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yerga tushgan do‘l ezilgan muz disklari bo‘lib, kuchli zarba yoki turli o‘lchamdagi do‘llarning birlashtirishi natijasida yulduz shakliga olib keladi.

 

Yangiliklar lentasi
0