OAV pandemiyaning keyingi ehtimoliy epimarkazini ma’lum qildi

© AFP 2023 / Douglas MagnoBrazilskie pojarnie v zashitnix kostumax
Brazilskie pojarnie v zashitnix kostumax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lotin Amerikasining ba’zi shaharlaridagi vaziyatni AQSh va Yevropada koronavirus epidemiyasining yuqori cho‘qqisi bilan solishtirish mumkin.

TOShKENT, 20-may — Sputnik. Lotin Amerikasi koronavirus pandemiyasining yangi epimarkazi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Germaniyaning Der Spiegel nashri xabar tayyorladi.

Shtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoda yana bir COVID-19 tarqalishi xavfi mavjud - Pentagon

“Chegara bilmas shifokorlar” bo‘linmasi Braziliyada koronavirusning tarqalishi haqidagi xavotirli statistikani payqadilar. Braziliya bo‘limi boshlig‘i Ana de Lemosning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda Lotin Amerikasi mamlakatlarida kasallik va o‘lim holatlari rekord darajada qayd etildi.

"Kasallik va o‘limning keskin o‘sishi Lotin Amerikasi pandemiyaning yangi markaziga aylanishiga olib keladi", - dedi u.

Materialda ta’kidlanishicha, ba’zi shaharlarda vaziyat AQSh va Yevropada epidemiyaning eng yuqori cho‘qqisiga o‘xshatish mumkin.

"Peru poytaxti Lima shahrida ikki baravar ko‘p odamlar vafot etmoqda. Bu ko‘rsatkich Parijdagi epidemiyaning eng yomon oyiga qiyoslash mumkin", - deb yozadi Der Spiegel.

Aholisi 2 million kishi bo‘lgan Braziliyaning Manaus shahrida o‘lim darajasi uch baravarga ko‘paydi. Bunday statistika eng og‘ir epidemiologik vaziyat bo‘lgan London va Madridda kuzatilgan. Ekvadorning Guayakil shahri, avvalgi yillardagiga nisbatan besh baravar ko‘p odam vafot etdi, ikkinchi Nyu-Yorkka aylanib qolishi mumkin.

Kompyuternoe izobrajenie, sozdannoe kompaniyey Nexus Science Communication sovmestno s Triniti kolledjem v Dubline, pokazivayet model, strukturno predstavlyayushuyu betakoronavirus, kotoriy yavlyayetsya tipom virusa, svazannogo s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoning ikki chekkasida “koronavirus” shaklida do‘l yog‘di – foto

Ta’kidlanishicha, Braziliyada koronavirusdan vafot etgan odamlarning ommaviy qabrlarga dafn etish boshlandi. Bundan tashqari, mamlakatda COVID-19 testlari kam o‘tkaziladi.

Meksika ilgari o‘rnatilgan cheklovlarni olib tashlashni boshladi, garchi bu mamlakatda yuqtirganlar va o‘limlar soni bo‘yicha Lotin Amerikasida uchinchi o‘rinda turadi. Shu bilan birga, virusologlarning aytishicha, Mexiko shahri hali ham epidemiya cho‘qqisiga chiqmagan.

Qattiq karantinga qaramay, kasallik Peruda kuchayib bormoqda - Loreto viloyatida har soatda bir kishi koronavirusdan vafot etmoqda.

Ayni paytda Braziliya koronavirus infektsiyasining aniqlangan holatlari soni bo‘yicha AQSh va Rossiyadan keyin uchinchi o‘rinda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bu davlatda 271,8 mingta holat qayd etilgan, 17 983 bemor vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0