Germaniya yana mag‘lubiyatga uchradi va uni yuzlab milliardlar to‘lashga majbur qilishdi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishZarubejnie strani. Germaniya. Berlin
Zarubejnie strani. Germaniya. Berlin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Napoleon Bonapart qurol kuchi bilan erisholmagan narsaga, Emmanuel Makron diplomatiya va siyosiy shantaj orqali erishdi, deya yozadi RIA Novosti kolumnisti.

Napoleon Bonapart qurol kuchi bilan erisholmagan narsaga, Emmanuel Makron diplomatiya va siyosiy shantaj orqali erishdi: endi Yevroittifoq pullarini Parij boshqaradi, nemis soliq to‘lovchilari esa fransuz qarzlarini va ijtimoiy dasturlarini to‘laydilar. Emmanuelӣ Makronning "koronabond"lar masalasida Angela Merkelӣ ustidan g‘alaba qozonishi Germaniya va hozircha hech bo‘lmasa tuzikroq budjet siyosatini saqlab qolgan Yevropaning ozchilik mamlakatlari uchun Birinchi Jahon urushi kabi oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Fransiya bayrog‘i Brandenburg darvozasi ustidan hilpirab turmagan bo‘lsa-da, Germaniya haqiqatan ham Fransiya va uning ittifoqchilariga shunday tovon pullarini to‘laydiki, vaziyat haqiqiy urushdagi mag‘lubiyatga o‘xshatadi. Biroq, Yevropalik siyosatchilarga hurmat bajo keltirish kerak: omma oldida hammasi tekkis va olijanob ko‘rinadi. Koronavirusga qarshi kurash bahonasida, Angela Merkelӣ (ko‘p yillik qattiq qarshiliklardan keyin) "koronabond" deb nomlangan - qarz majburiyatlarini chiqarishga rozi bo‘ldi, bu majburiyatlarni umuman Yevropa Ittifoqi (aslida Germaniya va iqtisodiyoti barqarorroq bo‘lgan boshqa davlatlar) o‘z zimmasiga oladi, lekin mablag‘larni Fransiya, Italiya, Ispaniya va boyudjet intizomi bo‘yicha o‘ziga hos tasavvurlarga ega boshqa davlatlar sarflashadi. "Koronabond"ning birinchi transhi hajmi 500 milliard yevroni tashkil etadi. VVS ta’kidlaganidek, "Fransiya prezidenti Emmanuelӣ Makron va Germaniya kansleri Angela Merkelӣ mablag‘lar grant shaklida taqdim qilinishi haqida kelishib oldilar".

Flag Germanii na zdanii Reyxstaga v Berline - Sputnik O‘zbekiston
Nega Germaniya Sharqiy Yevropa revizionizmiga qarshi chiqdi

Burokratik atamalarni bejiz iqtisodiy amaliyotga tarjima qiladigan bo‘lsak, bu quyidagicha o‘qiladi: nemislar, gollandlar, shvedlar va avstriyaliklar qarz olib, bu qarzlarni o‘zlari to‘laydilar, pullar esa "temir Angela"ning qarshiligini muvaffaqiyatli sindirgan "Yevropa janubi" mamlakatlariga beg‘araz yordam sifatida ketadi, ehtimol aynan bu pulni taqdim qilinmasligi (va beg‘araz!) Yevrozonasi yo‘q bo‘lib ketishi xavfi bilan Merkelni rozi bo‘lishga majburlanganligi ehtimoldan holi emas. Germaniya kansleri taslim bo‘lganidan keyinla ushbu 500 milliard yevro "yevro zonasi birlashishi uchun kerak " bo‘lgan o‘ziga xos qadam (ehtimol birinchi qadam) deb Emmanuel Makron e’lon qilganida aynan shu tahdidga ishora qilganini istisno qilib bo‘lmaydi.

Nazariy jihatdan qarz Yevropa Ittifoqining qo‘shma budjeti tomonidan to‘lanadi. Ammo muammo shundaki, birinchidan, bu budjetni Yevropa Ittifoqi davlatlarining o‘zlari to‘ldiradilar, shu bilan birga ular teng nisbatda to‘ldirilmaydi, ikkinchidan, agar koronavirus bahonasida Makron va uning ittifoqchilari ilgari bardoshli Merkelni umumevropa qarz majburiyatlarini chiqarish kabi bu qadar nozik masalada "yengishga" muvaffaq bo‘lishgan bo‘lsa, unda Fransiya, Italiya, Ispaniya va "Yevropa janubi"ning boshqa davlatlarini ushbu budjetga kamroq haq to‘lashi, Germaniya, Avstriya, Daniya, Gollandiya esa - ancha ko‘proq to‘lashiga undashi bamisoli elementar siyosiy operatsiya.

Politolog Yuriy Svetov - Sputnik O‘zbekiston
Svetov: pandemiyadan keyin YeI mamlakatlari o‘rtasidagi munosabat qayta ko‘rib chiqiladi

Nemis biznesi, siyosatchilari va elektoratning muhim qismi uchun prinsipial masalada taslim bo‘lganidan keyin paydo bo‘ladigan ulkan janjalni oldini olib, Germaniya kansleri darhol Fransiya prezidentining g‘alabali ma’ruzalariga muhim tushuntirishlarni berishga shoshildi.

Uning ta’kidlashicha, "koronobond" bu bir martalik vosita, chunki Yevroittifoq misli ko‘rilmagan inqirozga duch kelmoqda. Britaniyaning The Guardian gazetasi o‘quvchilarning e’tiborini quyidagicha tortadi: Berlinning rasmiy pozitsiyasi qabul qilingan dasturning "cheklangan saqlash muddati" ni nazarda tutadi, bu o‘z navbatida, hech bo‘lmaganda nazariy jihatdan, nemis pullarini fransuz nafaqaho‘rlariga tarqatilishiga qarshi bo‘lganlarni tinchlantirishi kerak. Muammo shundaki, bu va’dalar birovni tinchlantirishi qiyin.

Yevroparlamentda allaqachon 2 trillion yevroga (hozirda ko‘zda tutilayotgan 500 milliard emas) teng "iqtisodiyotni rag‘batlantirish" to‘plamini  tashkil etish to‘g‘risidagi talablar tarqatilmoqda, bu Germaniya va Yevropa Ittifoqining ancha-muncha barqaror davlatlari zimmasiga yaqindagina hech kim eng dahshatli tushida ham tasavvur qila olmagan qo‘shimcha qarzlarni to‘lash vazifasi qo‘yiladi. Bundan tashqari, Italiya Bosh vaziri o‘z tvitterida 500 milliardlik "grantlar" "birinchi qadam" ekanligini yozdi. Demak, ehtimol Makron va uning bir hil vaziyatdagi ittifoqdoshlari Germaniyani sog‘ishda davom etadilar.

Nemis pullarini saqlab qolishning so‘nggi paradoksal umidi sifatida Avstriya kansleri Kursning norasmiy rahbarligi ostida Avstriya, Daniya, Gollandiya va Shvetsiya ittifoqi chiqmoqda.

Situatsiya v Italii v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
“Alamni unutmaymiz”. Yevropa karantindan keyin hisob-kitobni amalga oshirishga tayyorlanmoqda

Euronews adolat bilan Yevropa Ittifoqi barcha davlatlarining "koronabond" bo‘yicha roziligi kerakligini ta’kidlaydi, bunday rozilik esa yo‘q: "Sebastan Kurs Daniya, Niderlandiya va Shvetsiya yetakchilari bilan ushbu (Makron va Merkelning "koronabondlar" bo‘yicha-tahr.) taklif to‘g‘risida gaplashganini va ularning pozitsiyasi o‘zgarishsiz qolganini Tvitterda e’lon qilib, bo‘lajak muzokaralar qiyin o‘tishiga ishora qildi. "Biz eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlarga kredit berish orqali yordam berishga tayyormiz", - deya qo‘shimcha qildi u.

Biroq, Fransiya yoki Italiya budjetidagi teshiklarni qoplash istiqbolidan norozi bo‘lgan barcha mamlakatlar amalda veto huquqiga ega bo‘lishlariga qaramay, ushbu jasur "to‘rtlik" guruhi uzoq vaqt davomida Yevropa Ittifoqi, Parij, Berlin va Yevropa komissiyasining qo‘shma bosimiga qarshi turishlari ehtimoli past. Yevro hududiga a’zo bo‘lishdan zarar ko‘rgan va iqtisodiyoti Yevropa ichki bozorida Germaniya iqtisodiyoti bilan raqobatlasha olmaydigan mamlakatlar vakillari uchun koronavirus epidemiyasi Berlin va uning ittifoqchilarini Yevro zonasi keltirgan qo‘shimcha daromadlarning bir qismini bo‘lishishga da’vo qilish uchun so‘nggi imkoniyatdir. Boshqa tomondan, Germaniya, Niderlandiya yoki Avstriyadagi saylovchilari ularning hisobiga mablag‘larni bu tarzda taqsimlanishiga asosli e’tiroz bildirishlari mumkin. Agar Angela Merkelda yevro hududini saqlab qolish uchun ikki trillion yevro sarflash kerakligiga ishonch hosil bo‘lib, va oxir oqibat bu pullarni Germaniya budjeti tomonidan to‘lanishi kerak bo‘lgan taqdirda, u holda o‘z fuqarolari Merkelni to‘xtata olmaydilar. Ammo kelgusi saylovda ushbu saylovchilar o‘zlarining milliy manfaatlarini qattiq himoya qiladigan siyosatchilarga muhtoj ekanliklarini hal qilishlari mumkin. "Koronavirusni qarzlar bilan davolash"ning yomon ta’siri sifatida ko‘plab Yevropa mamlakatlarida tizimga qarshi populizmning keskin o‘sishi bo‘lib chiqsa ajablanmasa bo‘ladi.

Agar ro‘y bersa ham, bunda odatdagidek "ijtimoiy tarmoqlardagi rus trollari" yoki (hozirgi modaga muvofiq) "Xitoy targ‘ibotining urinishlari" aybdor bo‘ladi. Ammo Yevropa Ittifoqi uchun siyosiy xavflarning yangi to‘lqinini yaratishda haqiqiy aybdorlar - bu yo‘lni tanlagan Yevropa yetakchilarining o‘zlari.

Manba: RIA Novosti.

Yangiliklar lentasi
0