TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Avstraliya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreyada koronavirus infeksiyasi tarqalishi to‘xtatildi, bu haqda CNBC telekanaliga ekspertlar ma’lum qildi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, qolgan davlatlar hali COVID-19 ga qarshi kurashayotgan vaqtda bu mamlakatlar asta-sekin avvalgi hayotiga qaytmoqda. Bu davlatlarda "kovid" infeksiyasi loaqal ehtimoliy ikkinchi to‘lqin boshlanishiga qadar tarqalishi to‘xtadi.
Ta’kidlanishicha, COVID-19 ustidan g‘alaba ularga iqtisodiyotni qayta tiklash va korxonalar va muassasalar faoliyatini boshlanishiga yordam berdi. Shundan so‘ng, ular sarmoyadorlar uchun yanada qiziqish uyg‘otdi, bu esa ushbu mamlakatlar valyutalarining mustahkamlanishini aks ettiradi.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 29-aprel holatiga dunyo bo‘ylab 2,96 million kishi koronavirusga chalindi, 202,73 ming kishi vafot etdi.