Rossiya fuqaroligini olganlar soni 2,5 baravarga oshdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPasport RF
Pasport RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agar xorijliklarga Rossiya pasportini berish hozirgi sur’ati 2020-yil mobaynida davom etsa, bu ko‘rsatkich rekord darajaga chiqadi.

TOShKENT, 19-may — Sputnik. 2020-yilning 4 oyida Rossiya 161,1 ming kishiga o‘z fuqaroligini berdi. Bu raqamlar mamlakat IIV hisobotida keltirilgan.

Flagi Uzbekistana i Rossii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar Rossiyaga borish uchun ruxsatnoma olishi mumkin – asosiy sharti

O‘tgan yilning shu davrida atigi 63,2 ming xorijlik Rossiya fuqaroligini olgan edi. Demak, 2020-yil boshida Rossiya o‘tgan yil yanvar-aprel oyiga nisabatan ikki yarim baravar ko‘p o‘z fuqaroligi berdi.

Chet el fuqarolarga Rossiya pasportini berish 2017-yildan beri doimiy ravishda o‘sib bormoqda.

Ta’kidlanishicha, hozirgi sur’atlarda davom etsa, 2020-yil yakunida bu ko‘rsatkich rekord darajaga chiqishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin xorijiy fuqarolikdan voz kechmasdan Rossiya fuqaroligini olish huquqini beruvchi qonunni imzoladi.

Bungacha chet elliklar Rossiya pasportini olish uchun murojaat qilganda, o‘z mamlakatlari vakolatli organiga fuqarolikdan voz kechish to‘g‘risida ariza bilan tasdiqlashi kerak edi.

Yangiliklar lentasi
0