TOShKENT, 19-may — Sputnik. Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston fuqarolarining chet elga chiqishlariga ruxsat berish imkoniyati istisno holatlarda ko‘rib chiqilishi mumkin. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi Konsullik bo‘limi mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga asosan xabar qildi.
“Hozirgi vaqtda RFda yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan, yaqin qarindoshlari - Rossiya fuqarosi bo‘lgan xorijliklar, yoxud vatandoshlarni ko‘chirish bo‘yicha davlat dasturining ishtirokchilari faqat Rossiyaga kirishi mumkin”, - deyilgan Konsullik bo‘limi Telegram-kanali xabarida.
Mamlakatga kirish uchun ruxsatnoma olish uchun 27-mayga qadar ushbu havola orqali tegishli shaklni to‘ldirish zarur.
Xabarda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston fuqarolarining respublika chegarasidan o‘tishlari to‘g‘risidagi qaror faqat O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 11-maydan boshlab xorijiy davlatlardan o‘z fuqarolarini olib ketishni boshladi. Hozircha parvozlar jadvali 24-maygacha tuzilgan. Reyslarga yo‘lovchilar ro‘yxatini tuzish ishlari bilan xorijdagi diplomatik missiya xodimlari shug‘ullanmoqda. Ro‘yxat kelib tushgan arizalar asosida shakllantirilmoqda.
Vatanga keksa, kasal, homilador fuqarolar va bolali ayollar birinchi galda qaytarilmoqda.
Elchixonalar va konsulxonalarda O‘zbekistonga qaytish uchun “tezkor aloqa" tarmog‘i tashkil etilgan.