XVF O‘zbekistonga COVID-19 bilan kurashish uchun 375 million dollar ajratdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy valyutniy fond
Mejdunarodniy valyutniy fond - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
XVF Ijroiya kengashi O‘zbekistonning COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlash uchun tezkor kreditlash mexanizmi va tezkor moliyalashtirish vositasi doirasida 375 million dollar ajratilishini ma’qulladi.

TOShKENT, 19-may - Sputnik. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) direktorlar kengashi koronavirus bilan kurashish uchun respublikaga 375 million dollar ajratishga qaror qildi, deya xabar beradi jamg‘arma.

“Xalqaro valyuta jamg‘armasi Ijroiya kengashi O‘zbekistonning COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlash uchun tezkor kredit mexanizmi va tezkor moliyalashtirish vositasi doirasida 375 million dollar ajratilishini ma’qulladi”, - deyiladi xabarda.

Kupuri amerikanskix dollarov. - Sputnik O‘zbekiston
OTB O‘zbekistonga COVID-19 bilan kurashga 1,36 mln dollar ajratdi

Jamg‘arma ma’lumotlariga ko‘ra, imtiyozli kreditlar 5-yillik imtiyozli davr bilan 10-yil muddatga 125 million dollar miqdoridagi tez foizsiz kreditlashni (Rapid Credit Facility) nazarda tutadi. Shuningdek, 250 million dollar miqdoridagi mablag‘lar 5-yillik muddatga tez moliyalashtirish vositasi shaklida, shu jumladan 3-yillik imtiyozli davrga yiliga 1,05%da ajratiladi.

"Ushbu mablag‘lar global inqiroz va koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi jamg‘armani to‘ldirishga yo‘naltiriladi", - deya qo‘shimcha qildi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga koronavirus tarqalishiga qarshi kurash uchun 1,36 mln dollar miqdorda grant ajratishni ma’qullagani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0