OTB O‘zbekistonga COVID-19 bilan kurashga 1,36 mln dollar ajratdi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishKupuri amerikanskix dollarov.
Kupuri amerikanskix dollarov. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga koronavirus tarqalishiga qarshi kurash uchun 1,36 mln dollar miqdorda grant ajratishni ma’qulladi.

TOShKENT, 18-may — Sputnik. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonga koronavirus tarqalishiga qarshi kurash uchun 1,36 mln dollar miqdorda grant ajratishni ma’qulladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Grant sog‘liqni saqlash xodimlari uchun shaxsiy himoya vositalari va mamlakat sog‘liqni saqlash tizimining salohiyatini tezda oshirishga yordam beradi boshqa tibbiy buyumlar sotib olish uchun ishlatiladi.

Mujchina pereschitivayet dollari SShA, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston pandemiya oqibatlarini yumshatish uchun 3 mlrd dollar jalb qiladi

Ta’kidlanishicha, mablag‘lar OTBning “2019 koronavirus kasalligi epidemiyasi va boshqa yuqumli kasalliklarning potensial epidemiyalariga qarshi kurashda mintaqaviy qo‘llab-quvvatlash” bo‘yicha texnik yordam resurslaridan ajratiladi va mart oyida O‘zbekistonga tibbiy buyumlarsotib olish uchun ajratilgan 200 ming dollarlik dastlabki texnik yordamni to‘ldiradi.

Shuningdek, OTB joriy kreditdan O‘zbekistonga yana 800 dona sun’iy nafas oldirish uskunasini sotib olishga imkon berish uchun 19,5 million dollar ajratgan.

Eslatib o‘tamiz, 1-aprel kuni investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov OTB prezidenti Masatsugu Asakava bilan koronavirus pandemiyasining mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlariga ta’sirini yumshatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni muhokama qilgan edi. O‘shanda bank tomonidan respublika sog‘liqni saqlash tizimini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish istiqbollari ko‘rib chiqilayotgani ma’lum qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0