TOShKENT, 31 mar – Sputnik. Afg‘oniston shimolida “Tolibon” radikal harakati tomonidan birinchi vitse-prezident, general Abdul-Rashid Dustum kortejiga hujum uyushtirildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Dari.
General Do‘stum avtomobil kortejiga Balx –Jauzjan viloyatiga borayotganda Balx-Shibergan yo‘lida hujum uyushtirilgan. Hujum oqibatida 1 tan soqchisi qurbon bo‘lgan ikki nafari jarohatlangan. Birinchi vitse-prezident zarar ko‘rmagan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Do‘stum ushbu hujum haqida oldindan bilgan, lekin safarini bekor qilmagan. Bo‘lib o‘tgan jangda hujumchilar tomonidan ham bir necha jangari yo‘q qilingan va hujumchi guruh boshlig‘i qo‘lga olingan.
Bundan biroz oldin general Do‘stum, agar unga imkoniyat berilsa 6 oyda Afg‘oniston shimolini tolibon jangarilaridan tozalashini xabar qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, yil boshidan buyon Tolibon harakati o‘zining hukumatga qarshi faoliyatini keskin oshirgan. Tolibon va hukumat qo‘shinlari orasida ko‘plab to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Bir necha kun oldin Afg‘oniston Shimolida 170ga yaqin hukumat askarlari tolibon tomonidan asirga olingani xabar qilingan edi.