Toshkentda yana bir oilaviy poliklinika karantinga yopildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOdna iz stomatologicheskix poliklinik. Patsiyentov vo vremya karantina stalo menshe.
Odna iz stomatologicheskix poliklinik. Patsiyentov vo vremya karantina stalo menshe. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Karantindagi fuqaro Uchtepa tumanidagi 62-sonli oilaviy poliklinikaga kelgan. O‘sha kuni navbatchilikda bo‘lgan 11 nafar shifokor karantin hududiga yuborilgan.

TOShKENT, 18-may — Sputnik. AOKAda bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Nurmat Otabekovning ma’lum qilishicha, Uchtepa tumanidagi 62-sonli oilaviy poliklinika haqiqatan karantinga yopilgan.

Nadpis Karantin - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda ikkita tibbiyot muassasi karantinga yopildi

“Karantindagi fuqaro poliklinikaga kelgani sababli o‘sha kuni navbatchilikda bo‘lgan 11 nafar shifokor Yuqori Chirchiq tumani, O‘rtasaroy aholi yashash punktidagi karantin zonasiga yuborildi, qolganlari uy sharoitida karantinda qolgan”, - dedi u.

Ta’kidlanishicha, ularning birontasida ham koronavirus aniqlanmagan, faqatgina muloqotda bo‘lganliklari uchun 14 kun davomida karantin sharoitida tibbiy nazorat ostida bo‘lishadi.

Yangiliklar lentasi
0