Toshkentda ikkita tibbiyot muassasi karantinga yopildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNadpis "Karantin"
Nadpis Karantin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahridagi 17-sonli shifoxona va 8-sonli oilaviy poliklinika shifokor va bemorlari bilan karantinga yopildi.

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. AOKAdagi brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov Toshkent shahridagi ikkita tibbiyot muassasi yopilgani haqidagi xabarga izoh berdi.

Kolbi s reagentami dlya ekspress-testov na koronavirus v laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda nega koronavirusga ommaviy test o‘tkazilmayapti – mutaxassis javobi

“Ha, to‘g‘ri. 17-shahar klinik kasalxonasi va Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 8-oilaviy poliklinika karantinga yopildi”, - deya javob berdi u ushbu muassasalar shifokor va bemorlari bilan karantinga yopilgani to‘g‘rimi degan savolga.

Shuningdek, u Xorazm viloyatidagi harbiy qismda xorijdan qaytgan va karantinga joylashtirilgan, keyin shu karantindagilar orasida kasallik tarqab ketgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 25-27 mart kunlari virusologik tekshiruvlar natijasiga asosan, karantindagi 7 kishining natijasi musbat chiqqan. U yerdagilar "Yoshlar" va "Hayot-NN" mehmonxonalari, Xonqa sanotoriyasiga, TTA Urganch filiali klinikasiga, TATU Urganch filiali yotoqhonasiga ko‘chirildi. Hozir harbiy qismda fuqarolar qolmagan.

Yangiliklar lentasi
0