Navoiyda qariyb 5,5 kg simobni sotishga uringan 70 yoshli fuqaro qo‘lga olindi

© Press-slujba UVD Navoiyskoy oblastiV Navoi 70-letniy mujchina pitalsya prodat pochti 5,5 kg rtuti za 26 tis. dollarov
V Navoi 70-letniy mujchina pitalsya prodat pochti 5,5 kg rtuti za 26 tis. dollarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqaro jinoiy ishga ikki o‘g‘lini ham jalb qilgan. 26 ming dollarlik simobni olib kelishda yollanma qo‘riqchi, og‘ir atletika ustasi yordamidan foydalanishgan.

TOShKENT, 18-may — Sputnik. Navoiyda noqonuniy simob savdosi bilan shug‘ullangan 70 yoshli fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha,13 may kuni Karmana tumani “Uyrot” MFY hududida 70 yoshli buxorolik fuqaro N.K. 5 kg 300 grammni simobni 26 ming dollarga sotayotganda qo‘lga olingan.

FSB RF presekla deyatelnost po organizatsii postavok narkotikov iz stran YeS v Rossiyu - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda “simob operatsiya”si amalga oshmadi

Fuqaro ushbu jinoiy ishni o‘g‘illari N.A. va N.B.lar bilan sherikchilikda sodir etgan. Simobni N.A.ning “Jentra” avtomashinada yollanma qo‘riqchi og‘ir atletika ustasi O.R. himoyasida olib kelishga uringan.

Xolislar ishtirokida N.K.dan simob kimoviy moddasi va pullar hujjatlashtirib olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0