AQSh vahimaga tushdi: Rossiya "dengiz yirtqichi"ni yaratdi

© Foto : AO "SKB po SPK im. R.E.Alekseyeva"Perspektivniy tajeliy ekranoplan A-050 "Chayka-2". Arxivnoe foto
Perspektivniy tajeliy ekranoplan A-050 Chayka-2. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zamonaviy materiallardan foydalanish hisobiga A-050 "Chayka-2"ning og‘irligi taxminan 50 tonnani tashkil etadi va bortiga bir yuz askarni yoki to‘qqiz tonna yukni olishi mumkin.

Rossiya yangi "dengiz yirtqichi" - A-050 ekranoplanini yaratmoqda, deb "We Are the Mighty" Amerika nashri yozgani haqida xabar beradi RIA Novosti.

Protivolodochniy samolet Il-38N - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Il-38 samolyoti AQSh harbiy kemasi oldidan uchib o‘tdi - video

Nashrda ma’lumot berilishicha, dinamik havo yostig‘iga ega kemadan foydalanish 2020-yilda boshlanishi rejalashtirilmoqda. Nashr ta’kidlashicha, A-050 eksperimental "Lun" ekranoplan-raketa tashuvchisi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan "Kaspiy yirtqichi"ning rivojlanishidir.

SSSRning eng mashhur va muvaffaqiyatli ekranoplanlari "Lun" va "Orlenok" loyihalari. "Lun" rusumidagi ko‘p tonnali mashinalar soatiga besh yuz kilometrgacha tezlashardi, kemalarga qarshi raketalar bilan qurollangan va radarlarda deyarli ko‘rinmas bo‘lgan. O‘lchamlari bo‘yicha kichikroq "Orlenok" bortiga 150 askar va bir nechta BMP sig‘dira olgan.

Endilikda ishlab chiqaruvchilar Mudofaa vazirligiga ekranoplanlarning yangi avlodini taklif qilmoqdalar. Zamonaviy materiallardan foydalanish hisobiga A-050 "Chayka-2"ning og‘irligi taxminan 50 tonnani tashkil etadi va bortiga bir yuz askarni yoki to‘qqiz tonna yukni olishi mumkin. Aviadvigatellar yordamida "Chayka" soatiga 450 kilometrgacha tezlashadi, va nafaqat suv yuzasida, balki muzda yoki tekis dashtda, shuningdek, besh ming kilometrgacha masofani bosib o‘ta oladi.

Avvalroq Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Rossiya bortida raketa qurollari ega istiqbolli ekranoplanni ishlab chiqayotganini aytgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ekranoplandan Shimoliy dengiz yo‘lini himoya qilish va Qora va Kaspiy dengizlarini patrul qilish uchun foydalaniladi.

Yangiliklar lentasi
0