Ashraf G‘ani va Abdulloh Abdulloh Afg‘onistonda hukumatni taqsimlab oldi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tish Ashraf Gani i Abdulla Abdulla
 Ashraf Gani i  Abdulla Abdulla - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Ashraf G‘ani va sobiq bosh vazir Abdulloh Abdulloh hukumatni bo‘lib olish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

TOShKENT, 17-may — Sputnik. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani va sobiq bosh vazir Abdulloh Abdulloh hukumatni bo‘lib olish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Bu haqda mamlakat prezidenti vakili Sediq Sediqqi ma’lum qildi.

Andrey Serenko - Sputnik O‘zbekiston
Serenko: G‘anini Abdulla ustidan qozonilgan siyosiy g‘alaba bilan tabriklasa bo‘ladi

“Prezident G‘ani va Abdulloh Abdulloh o‘rtasida hozirgina siyosiy bitim imzolandi. Abdulloh Milliy yarashish oliy kengashiga rahbarlik qiladi. Jamoasi a’zolari esa mahkamaga (vazirlar – tahr.) kiritiladi”, - deya yozgan Sediqqi Twitterʼdagi sahifasida.

9 mart kuni saylovlarda g‘alaba qozongan Ashraf G‘ani qasamod qabul qildi va rasman Afg‘oniston prezidenti lavozimiga kirishdi. O‘z mag‘lubiyatini tan olmagan Abdulloh Abdulloh ham o‘sha kuni davlat rahbari sifatida inauguratsiya marosimi o‘tkazdi va o‘zini prezident deb e’lon qildi. Ikki kundan so‘ng Ashraf G‘ani bosh vazir lavozimini tugatdi.

Yangiliklar lentasi
0