Serenko: G‘anini Abdulla ustidan qozonilgan siyosiy g‘alaba bilan tabriklasa bo‘ladi

Obuna bo‘lish
Siyosatshunos, Rossiya zamonaviy Afg‘onistonni o‘rganish markazi yetakchi mutahassisi Andrey Sorenko, nega aynan endi, prezidentlik saylovlaridan yarim yil o‘tgach, Abdulla Abdulla Ashraf G‘ani bilan kelishishga qaror qilganini tushuntirib berdi.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, afg‘on siyosatida ma’lum bir an’ana bor - saylov g‘olibi bilan savdolashish.

Siyosatshunos ta’kidlashicha, hech bir afg‘on siyosatchisi keyinchalik savdolashish uchun saylovlarda mag‘lubiyatni hech qachon qabul qilmagan.

"(Ashraf - tahr.) G‘ani birinchi bosqichda g‘alaba qozonishi ma’lum bo‘lganda, Abdulla Abdulla ushbu saylovni ba’zi siyosiy, balki nafaqat siyosiy imtiyozlar borasida G‘ani bilan savdolashishi uchun tan olmasligi aniq edi". - dedi Sputnik Tojikistonga, siyosatshunos, Rossiya zamonaviy Afg‘onistonni o‘rganish markazining yetakchi mutaxassisi Andrey Serenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, savdolashish cheksiz vaqt davom eta olmaydi, chunki Abdullaning ma’muriyatida minglab odamlar ishlaydi, ular orasida uning ko‘plab qarindoshlari, obro‘li odamlar. Albatta, siyosatchi ularni shunchaki ko‘chada qoldirib qo‘ya olmasdi.

"Faqat bittasi ayon: birinchi navbatda, bu doktor Ashfar G‘anini Afg‘oniston Prezidenti sifatida Abdulla Abdulla tomonidan tan olinishi. Va shu bilan, u olti oy davomida tan olmagan saylov natijalarini tan olishi kerak bo‘ladi. Savdolashishni cheksiz vaqt davom ettirib bo‘lmaydi. Qachondir biror to‘htamga rozi bo‘lish kerak", - deya qo‘shimcha qildi Serenko.

Siyosatshunosning so‘zlariga ko‘ra, AQSh, NATO, Yevropa Ittifoqi, BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar vakillari G‘ani va Abdulla Abdullaga juda qattiq bosim o‘tkazgan.

Batafsil ma’lumotlarni Sputnik Tojikiston podkastida tinglang.

Andrey Serenko prokommentiroval reshenie proigravshego Abdulli priznat pobedu Gani
Yangiliklar lentasi
0