Alisher Usmonov Britaniyaning 10 nafar eng boy odami reytingida yuqoriladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel vstrechu s predstavitelyami rossiyskix delovix krugov
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s predstavitelyami rossiyskix delovix krugov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi reytingda Alisher Usmonov 8-o‘rindan 7-o‘ringa ko‘tarilgan. Uning boyligi 11,68 mlrd funt sterlingga baholangan.

TOShKENT, 17-may — Sputnik. Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatida bir pog‘ona ko‘tarildi. Yangi reytingda 2019-yildagi 8-o‘rindan 7-o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Usmonovning boyligi 11,68 mlrd funt sterlingga baholangan. O‘tgan yilda boyligi 11,399 mlrd funt sterlingga baholangan edi. Ta’kidlanishicha, Alisher Usmonov joriy yilda Rossiyaga koronavirusga qarshi kurash uchun 118 mln funt sterling bergan. 

Yana bir rossiyalik tadbirkor, “Alfa-grupp” asoschisi Mixail Fridman reytingning 11-o‘rnidan joy olgan. Uning boyligi 10,23 mlrd funt sterlingga baholangan.

Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov yana Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatidan joy oldi

Millhouse investitsiya kompaniyasining asosiy egasi Roman Abramovich esa yangi reytingda o‘tgan yildagi 9-o‘rindan 12-o‘ringa tushib ketgan. Uning boyligi 10,16 mlrd funt sterlingga tengligi aytilmoqda.

Yangi reyting yetakchilari britaniyalik tadbirkor, ixtirochi, Dyson kompaniyasi asoschisi Jeyms Dayson va uning oilasi bo‘lgan. Biznesmenning boyligi 16,2 mlrd funt sterlingga baholangan. 

2-o‘rinni Hinduja Group kompaniyasi egalari aka-uka Shri va Gopi Hinduya va Trans World Group kompaniyasi asoschilari aka-uka Devid va Saymon Ruben egallagan. Ikkala aka-ukalarning boyligi 16 mlrd funt sterlingga baholangan.

Nashr ekspertlari koronavirus pandemiyasining eng boy britaniyaliklarga ta’sirini ham o‘rganib chiqishgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Britaniyaning eng boy odamlari pandemiya sababli 2 oy ichida 54 mlrd funt sterling yo‘qotgan. Ba’zi tadbirkorlar, jumladan 20 milliarder, pandemiya sababli o‘z xodimlarini haq to‘lanmaydigan ta’tilga jo‘natgan. Biroq nashrning yozishicha, pandemiyaning salbiy oqibatlari moliyaviy sohada endi boshlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0