Sardoba qanday hayotga qaytmoqda – maxsus reportaj

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVyezd v poselok Sardoba, postradavshiy ot navodneniya
Vyezd v poselok Sardoba, postradavshiy ot navodneniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sirdaryo viloyatining Sardoba suv omborida 1-may kuni to‘g‘on yorilishi natijasida kelib chiqqan favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bir haftadan beri davom etmoqda. Jabrlangan hududlarga hayot qanday qaytayotgani haqda Sputnik maqolasida o‘qing.

TOShKENT, 8-may - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Bugun sirdaryolik o‘n minglab aholi uchun asosiy savollar bu - qachon Sardobadagi hayot odatiy tusga qaytadi va umuman bu hodisadan keyin u yerda qolish mumkinmi?

Texnogen avariya tufayli bir nechta turar joy hududlari millionlab kubometr balchiq va loy ostida qoldi. Oqim o‘z yo‘lida ko‘plab xususiy uylarni vayron qildi, 8 ta bolalar bog‘chasi, 16 ta maktab, 7 ta tibbiyot muassasasi, bitta kollej, 7 ta qabriston, 3 ta masjid va 13 ta respublika ahamiyatiga ega ko‘priklar shikastlandi. Yo‘llar yuvib tashlangan va dehqon bozori vayron bo‘lgan. Afsuski, inson qurbonlarini ham oldini olib bo‘lmadi - kamida to‘rt kishining haloq bo‘lgani ma’lum.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSardobadagi mahallalardan birining kirish darvozasi
Sardoba qanday hayotga qaytmoqda – maxsus reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Sardobadagi mahallalardan birining kirish darvozasi

Ekin maydonlari ham suv ostida qoldi, o‘simlik qoplami shikastlandi, o‘lgan hayvonlar ko‘p. Favqulodda vaziyatning barcha holatlarini aniqlash va zararlarni hisoblash ishlarida qatnashgan ekologlarning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi hududlar jiddiy eroziyaga uchradi, ammo qishloq xo‘jaligida ishlatilishi mumkin bo‘lgan joylar ham mavjud. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, favqulodda holat bartaraf etilganidan keyin batafsil auditni o‘tkazish va bunday yerlarning kadastri qayta hisob-kitob qilinishi kerak bo‘ladi.

Katastrofik manzara

Tabiiy ofat hududiga ketayotib, Sirdaryoga suv bosgan qishloqlarni tiklash uchun gumanitar yordam, maxsus uskunalar va qurilish materiallari olib ketayotgan o‘nlab yuk mashinalarini quvib o‘tdik.

© Press-slujba Ministerstva yustitsiiSardobaga jo‘natilayotgan insonparvarlik yordam karvoni
Sardoba qanday hayotga qaytmoqda – maxsus reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Sardobaga jo‘natilayotgan insonparvarlik yordam karvoni

Qarshimizda paydo bo‘lgan manzara bizni hayrat va tushkunlikka soldi: ba’zi aholi punktlari hali ham suv ostida, yo‘llar o‘rniga parchalangan asfalt bo‘laklari, beton to‘siqlar esa plastik kubiqlar singari sochilib ketgan. Shu yerning o‘zida maxsus texnika transport aloqalarini tiklash uchun ishlamoqda. Ishlar kechasi ham to‘xtamayapti.

Ba’zi binolar deyarli butunlay vayron bo‘lgan, mustahkamroqlari esa suv va balchiqdan zarar ko‘rgan. Goh u yerda, goh bu yerda to‘lqin  bilan olib ketilgan odamlarning shaxsiy buyumlarini ko‘rish mumkin. Suv bosgan qishloq ko‘chalarida ba’zan suv ostida qolgan mashinalar tomlari ko‘rinadi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobil "Mersedes", okazavshiysya pod vodoy v zatoplennom poselke
Avtomobil Mersedes, okazavshiysya pod vodoy v zatoplennom poselke - Sputnik O‘zbekiston
1/9
Avtomobil "Mersedes", okazavshiysya pod vodoy v zatoplennom poselke
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPosledstviya navodneniya v Sirdarinskoy oblasti
Posledstviya navodneniya v Sirdarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
2/9
Posledstviya navodneniya v Sirdarinskoy oblasti
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPosledstviya proriva na Sardobinskom vodoxranilishe
Posledstviya proriva na Sardobinskom vodoxranilishe - Sputnik O‘zbekiston
3/9
Posledstviya proriva na Sardobinskom vodoxranilishe
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPosledstviya proriva na Sardobinskom vodoxranilishe
Posledstviya proriva na Sardobinskom vodoxranilishe - Sputnik O‘zbekiston
4/9

5/9

6/9

7/9

8/9

9/9
Posledstviya proriva na Sardobinskom vodoxranilishe
1/9
Avtomobil "Mersedes", okazavshiysya pod vodoy v zatoplennom poselke
2/9
Posledstviya navodneniya v Sirdarinskoy oblasti
3/9
Posledstviya proriva na Sardobinskom vodoxranilishe
4/9
Posledstviya proriva na Sardobinskom vodoxranilishe
5/9
Posledstviya proriva na Sardobinskom vodoxranilishe
6/9
Posledstviya proriva na Sardobinskom vodoxranilishe
7/9
Posledstviya proriva na Sardobinskom vodoxranilishe
8/9
Posledstviya proriva na Sardobinskom vodoxranilishe
9/9
Posledstviya proriva na Sardobinskom vodoxranilishe

Suv ketgan yoki FVV xodimlari uni tortib olgan joylarda, tiklash ishlari qizg‘in davom etmoqda. Kanalizatsiya tizimlari, suv tozalash inshootlari, ko‘mish joylarining holati diqqat bilan o‘rganilmoqda. Energiya va gaz ta’minoti asta-sekin tiklanmoqda. Mintaqaga bir necha o‘nlab transformatorlar yetkazildi.Qayiqlardagi qutqaruvchilar jabr ko‘rgan hududlarni o‘rganishni davom etmoqdalar – evakuatsiya qilishiga ulgurmagan yoki evakuatsiya qila olmagan odamlar qidirilmoqda. Shuningdek, o‘lgan hayvonlarning jasadlari atrofni ifloslanishini oldini olish uchun yig‘ib olinmoqda. Yonimizdan tirkamasiga qoramollar jasadlari ortilgan traktor o‘tib ketdi, kamida 70 bosh. Ularni barchasini yo‘q qilishga to‘g‘ri keladi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSardobaning qayg‘uli manzaralari
Sardoba qanday hayotga qaytmoqda – maxsus reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Sardobaning qayg‘uli manzaralari

Alohida masala - bu jabrlangan  hududlarni zararsizlantirish. Suvsizlantirilgan va vayronalardan tozalangan uylarga sanitar ishlov berilmoqda. Oqoltin tumani Axillik qishlog‘i, shu tuman nomili Qo‘rg‘ontepa va Sardoba aholi punktlari, shuningdek Mirzaobod tumanidagi Baliqchilik qishlog‘i dezinfeksiya qilinmoqda.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovQutqaruvchilar uylarni suvdan tozalamoqda
Sardoba qanday hayotga qaytmoqda – maxsus reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Qutqaruvchilar uylarni suvdan tozalamoqda

Milliy gvardiya xodimlari, harbiylar va qutqaruvchilar hududlarni to‘plangan axlatlardan tozalashni davom etmoqda. Bundan tashqari, ular odamlarning vaqtincha yashash joylarida yong‘in va boshqa noxush hodisalar ro‘y bermasligini ta’minlamoqdalar. Yo‘lda bizga uchragan milliy gvardiyachilardan biri bu yerga falokat ro‘y berishi bilanoq kelganini aytdi. Evakuatsiya qilinganidan keyin o‘z uylariga qaytib kelgan mahalliy aholi ham vayronalarni yig‘ishtirish va uy-joylarni tiklashga yordam bermoqda. Ular butun qolgan narsalarni qidirmoqdalar va ishchilar bilan birgalikda devorlarni va uylarning tomlarini tiklashmoqda.

Oqizib ketilgan sep va qutqaruvchilar uchun palov

Aksariyat Sardobaliklarning aytishicha, falokat ularga kutilmaganda keldi. Omborhona qirg‘og‘iga yaqin qishloqlarning birida yashovchi Dilbar opa falokatdan keyin uchinchi kuni hujjatlarini olgani uyiga qaytdi. O‘shandan beri u uyidan ketmadi - u mahalliy aholiga yordamga kelganlarga ovqat pishirib ularni boqmoqda.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovQutqaruvchilar yordamga shoshilmoqda
Sardoba qanday hayotga qaytmoqda – maxsus reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Qutqaruvchilar yordamga shoshilmoqda

Ayolning eslashicha, 1-may kuni erta tongda ular favqulodda vaziyat haqida ogog‘lantirdan karnaylar ovozidan uyg‘onishgan. Odamlarni zudlik bilan uylarini tark etishga chaqirishdi. Dilbar opa tabiiy ofat ko‘lamini tasavvur qilmasdan o‘zi bilan hatto hujjatlarini ham olmadi.

"Biz qizimizni unashtirib sepini yig‘ib qo‘ygan edik. Uchinchi kuniga bu yerga qaytganimizda, hamma narsa suv ostida qolganini va balchiqqa botganini ko‘rdik. Hammasini shunchaki tashlab yuborishga to‘g‘ri keladi ... Ayniqsa, kitoblarga achinaman ...", - deydi u.

Tuyg‘ularni yengib, opa jilmayishga harakat qildi va darhol mehmondo‘stlik bilan oshga taklif qildi. Odamlar bir kechada deyarli barcha mulkidan ayrilgan bo‘lsa ham, asosiy narsani - insoniylikni yo‘qotishmadi.

Yo‘qotishlarga qaramay, Sardobadagi fojia Dilbar opa va uning turmush o‘rtog‘iga qo‘rquv solmadi. Ular o‘z go‘shalarini tark etish niyatida emaslar - aksincha, qishloq aholisi bu yerga to‘laqonli hayot qaytishini kutmoqda.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSardoba manzarasi
Sardoba qanday hayotga qaytmoqda – maxsus reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Sardoba manzarasi

"Prezident hamma narsa o‘z iziga tushadi deb aytdi - biz unga ishonamiz. Demak, albatta shunday bo‘ladi. Hech qisi yo‘q, omon qolamiz", - dedi uy egasi bizni eshik oldidan kuzatatib.

Hamjihatlik va hayotga ishonch

To‘g‘on, turar-joylarni va transport infratuzilmasini tiklash ishlari davom etmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev vaziyatni shaxsan nazorat qilmoqda va har kuni tezkor yig‘ilishlar o‘tkazmoqda. U fojia yuz bergan joyga ikki marta tashrif buyurib, u yerda muammolarini hal qilish uchun mahalliy aholi bilan uchrashdi. Viloyat barcha zarur yordamni olmoqda. Ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun qutqaruvchilar va maxsus texnika hatto ofatdan jabr ko‘rgan Qozog‘istonga ham yuborildi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKo‘chma elektr stansiyalar Sardoba yetib keldi
Sardoba qanday hayotga qaytmoqda – maxsus reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Ko‘chma elektr stansiyalar Sardoba yetib keldi

Sardobadagi fojia Sirdaryoning odatiy hayotini butkul o‘zgartirib yubordi. Ammo bu voqea, qaysidir ma’noda, jamiyatni qayta yukladi: favqulodda falokat xalqni umumiy mustibat atrofida jipslashtirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda "Sardoba-hashar" deb nomlangan guruhlar paydo bo‘ldi.

O‘zbekistonning turli burchaklaridan kelgan ko‘ngillilar vatandoshlariga yordam berishga shoshilmoqdalar yoki o‘zlari qishloqlarni tiklashga yo‘l olmoqda. Odamlar nima qilish mumkinligini, yordam qayerdan qabul qilinayotganini, qayta tiklash ishlariga mablag‘larni qayerga o‘tkazishni, kim boshpanaga muhtojligini aniqlash uchun yozib qo‘ng‘iroq qilmoqdalar. Fojianing birinchi kunidanoq o‘zbek xalqi o‘zlari uyushib qalbining chaqirig‘i bilan jabrlanganlar uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, issiq kiyimlar, zaruriy narsalar va gigiyena vositalarini olib kelishni boshladilar.

Oldinda hali ko‘p ish va mashaqqatlar turipti, kimdir hayotni deyarli noldan boshlashi kerak bo‘ladi. Suv ketadi, lekin lekin tiklangan uy, yo‘llar va ko‘priklarda aks etgan vatandoshlar mehribonligi odamlar xotirasida abadiy qoladi.

Yangiliklar lentasi
0