Suv toshqinidan jabrlangan aholi uchun 10 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi

© Press-slujba prezidentaV Sardobinskom, Akaltinskom i Mirzaabadskom rayonax budut postroyeni mnogoetajnie doma
V Sardobinskom, Akaltinskom i Mirzaabadskom rayonax budut postroyeni mnogoetajnie doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sirdaryoda viloyatida qiymati 2 trillion 143 milliard so‘mlik 323 ta katta-kichik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 15-may — Sputnik. Sirdaryo vilotining Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida joriy yilda 10 mingga yaqin ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning Mirzaobod tumanidagi tashrifi davomida ma’lum qilindi.

Vizit prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Sardobada quriladigan yangi uylar poydevoriga tamal toshi qo‘ydi

Ta’kidlanishicha, tumanning “Navbahor” mahallasi hududida 360 kvartirali 9 ta ko‘p qavatli uy barpo etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, “Navbahor”, “Haqiqat” va “Yangiovul” mahallalarida jami 616 ta kottej ta’mirlanadi.

Davlat rahbari mirzaobodlik nuroniylar, mahalla faollari va xonadon egalari bilan uchrashdi. Uy-joylar va infratuzilmani tiklash, elektr energiya, gaz, ichimlik suvi ta’minoti va yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilayotgani aytildi.

“Qisqa vaqtda qiymati 2 trillion 143 milliard so‘mlik 323 ta katta-kichik loyihalar shakllantirildi. Ularni tatbiq etish hisobiga Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida joriy yilda 10 mingga yaqin ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan”, - deyilgan davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.

Jumladan, Mirzaobod tumanida jami 1 trillion 12 milliard so‘mlik 143 ta loyiha amalga oshirilib, 4,5 mingdan ziyod ish o‘rni tashkil etilishi mo‘ljallangan.

“GulistonGoldArn” MChJ tomonidan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish, “Mirzaobod Limonchilik klasteri” MChJ tomonidan zamonaviy tipdagi issiqxona tashkil etish, “Samoviy baxt quvonchi” MChJ tomonidan o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish loyihalari shular jumlasidandir.

Mirzaobodlik jabrdiydalarga ham, Sardobada bo‘lgani kabi, tegishli sertifikat va pul mablag‘li bank kartochkalari tarqatildi.

Prezident bu yerda ham qurilishi rejalashtirilgan turar joylarning poydevoriga tamal toshi qo‘ydi.

Yangiliklar lentasi
0