Samarqand va Jizzaxda quvvati 200 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi quriladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishMayminskaya solnechnaya elektrostansiya v Respublike Altay
Mayminskaya solnechnaya elektrostansiya v Respublike Altay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand va Jizzax viloyatlarida quyosh elektr stansiyasi qurish rejalashtirilgan. Har bir stansiyaning quvvati qariyb 200 MVt bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Samarqand va Jizzax viloyatlarida quvvati 200 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi quriladi. Energetika vazirligi ularni qurish maqsadida investorlar o‘rtasida tanlov e’lon qildi.

Proyekt po stroitelstvu solnechnoy stansii v Sherabadskom rayone Surxandarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryoda quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha xalqaro tanlov loyihasi boshlandi

Mazkur stansiyalar bo‘yicha alohida ishlarni bajarish, moliyalashtirish, qurilish va ishga tushirish hamda egalik qilish (PV) borasida bitta yoki ikkita yoxud xususiy sektordan iborat mustaqil elektr energiya ishlab chiqaruvchilar (IPP) konsorsium tanlab olinishi rejalashtirilgan.  

Har bir stansiyaning quvvati qariyb 200 MVt bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 16 ta yangi mini GES quriladi va 4 ta GES modernizatsiya qilinishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0