TOShKENT, 14-may - Sputnik, Andrey Kos. Sakkizta davlat, yetti yarim milliongacha askar va zobitlar, o‘n minglab tank va samolyotlar, yuzlab harbiy kemalar - bundan roppa-rosa 65-yil oldin, 1955-yil 14-may kuni Varshava shartnomasi Tashkiloti (VShT) tuzilganligi to‘g‘risida e’lon qilingan edi.
36 yil davomida ushbu harbiy ittifoq Shimoliy Atlantika ittifoqiga qarshi tura oladigan sayyoradagi yagona kuch bo‘lib qoldi hamda AQSh va uning ittifoqchilariga Yevropada nazoratiz ho‘jayinchilik qilishga yo‘l qo‘ymadi. NATOning sotsialistik pasangisi haqidagi eng qiziqarli va kam ma’lum bo‘lgan faktlar - RIA Novosti materialida.
Yadrosiz strategiya
VShTning NATOdan farqi shunda bo‘lganki, SSSR, Polsha, Bolgariya, Chexoslovakiya, Ruminiya, Vengriya, GDR va Albaniya (1968 yilgacha) qurolli kuchlari yaxlit, yaxshi moylangan mexanizm kabi harakat qilgan. Bunga muntazam qo‘shma mashqlar orqali erishildi.
1981 yil 4-sentabrdan 12-sentabrgacha o‘tkazilgan "G‘arb-81" tezkor-strategik mashqlarida 100 mingdan ortiq kishi qatnashdi. Maqsad - yadroviy qurol ishlatmasdan dushman mudofaasini yorib o‘tish. Asosiy rol ehtimoliy Uchinchi Jahon urushi boshlangan taqdirda Shimoliy Germaniya pasttekisligi va Fuld yo‘lagi orqali G‘arbiy Yevropaga o‘tishi kerak bo‘lgan tanklarga berildi. Orqa tomondan artilleriya qo‘llab-quvvatlab turgan.
"Biz "olovli soyabon" taktikasini ommaviy ravishda qo‘llagan edik, - deydi o‘sha paytda tanklar vzvodini boshqargan iste’fodagi polkovnik Aleksey Polyakov. Texnika tanklarga tahdid soladigan piyodalar va yengil zirxli nishonlarni yakson qiladigan, havoda portlayotgan snaradlar ostida hujum qilgan. Shunday baland ohangda portlagan-ki, ovozi shlemofonda ham baland eshitilgan. Ayrim hududlarda, frontning har bir kilometriga 300 tagacha quroldan o‘q otilgan, tanklar portlashlarning to‘xtovsiz devordan atigi 200 metr narida harakatlangan. NATOning har qanday mustahkamlangan xududini changday yanchib tashlashga yetarli bo‘lgan. Biz, kerak bo‘lsa, La-Manshgacha xujum qilishga tayyor bo‘lganmiz".
"G‘arb-81" mashqlarida strategik bo‘linmaning jangovar boshqaruvi qo‘mondonlik tizimini (KSBU) sinovdan o‘tkazildi, va bu tizim hozirgi zamon ishlanmalariga asos bo‘lib hizmat qildi. Natijada, bo‘linmalarning harakatchanligi oshdi, qo‘shinlar operativ vaziyatning o‘zgarishiga tezroq javob qaytara boshladi. Shu vaqtning o‘zida yuqori aniqlikdagi qurollar va armiya aviatsiyasidan keng foydalanish boshlandi. Mashklarning kulminatsion hodisasi sifatida Minsk yaqinidagi poligonga 7-chi gvardiyachi havo-desant diviziyasining qo‘nishi bo‘ldi. Bu bir necha o‘nlab harbiy-havo transporti samolyotlarining kelishilgan harakatlarini talab qildi.
Manevrlar G‘arb tahlilchilarini jumbushga keltirdi. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, agar NATO guruhlari haqiqatan ham mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan kuchlarga taktik yadro qurolisiz qarshi himoya qilishi kerak bo‘lsa, ular to‘rt kundan ortiq turolmagan bo‘lar edi.
NATOni kuzatish
1977 yilda VShT ishtirokchilari dushman haqida ma’lumotlarini hisobga olish birlashgan tizimini (SOUD) yaratish to‘g‘risida shartnoma imzoladilar. 1979-yilda bu tizim foydalanishga topshirildi. Endi SSSR, Bolgariya, Vengriya, Polsha, Chexoslovakiya, GDR, shuningdek, Vyetnam, Mongoliya va Kubaning radioelektron va kosmik razvedka vositalari birgalikda ishlay boshladi. Sotsialistik lagerning "quloqlari" dunyoning deyarli barcha burchaklarida bor edi.
Tizim avtomatik ravishda ehtimoliy dushmanning radioefirini kuzatib borgan va ushlangan xabarlarni ikkita komputer markazlariga - Moskva va GDRga uzatgan. U yerda ma’lumot maxsus xizmatlarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan kalit so‘zlar mavjudligiga tahlil qilingan. SOUD o‘sha davrning muhim shaxslari: siyosatchilar, harbiy rahbariyat va yirik ishbilarmonlar haqida kattagina ma’lumotlar bazasini yig‘di. Uni har kim ham ko‘ra olmagan - faqat sotsialistik mamlakatlar razvedka xizmatlarining yuqori martabali amaldorlari.
NATO SSSR KGB Birinchi Bosh Boshqarmasi tomonidan 70-yillarning oxirlarida Britaniya maxsus hizmatlari tomonidan yollangan polkovnik Oleg Gordiyevskiyning qo‘rsatmalaridan bildi. Bu kabi texnologiyalar haqida G‘arbda tasavvur ham qilishmagan. 1989-yilda GDR va GFR birlashgandan so‘ng, GDRdagi kompyuter markazi NATOga o‘tdi va SOUD o‘z imkoniyatlarining yarmini yo‘qotdi. Ushbu tizimning joriy holati to‘g‘risida ochiq ma’lumotlari yo‘q.
Shtab uchun bunker
VShTning harbiy qudratiga asosiy hissani SSSR qo‘shgan. Tashkilotdagi rahbarlik lavozimlarni, qoida bo‘yicha, Sovet Ittifoqi vakillari egallagan, muomalaning rasmiy tili - rus tili bo‘lgan. Shtab-kvartirasi, albatta, Moskvada. Shunga qaramay, 70-yillarning boshlarida uni potensial jangovar operatsiyalar maydoniga yaqinlashtirish imkoniyati ko‘rib chiqilgan.
1972 yil oktabr oyida G‘arb OAVlari SSSR Lvov yaqinida aloqa tizimiga ega mustahkam yer osti markazini qurishni boshlaganligi haqida xabar berdi. Shahar atrofi va viloyatda yadro qurolining to‘g‘ridan-to‘g‘ri urishiga bardosh beradigan beton bunkerlar qurildi. U yerda VShT qo‘shinlarining qo‘mondonlik organlari joylashtirilishi rejalashtirilgan bo‘lgan.
G‘arbiy sharhlovchilarning ta’kidlashicha, VShT qo‘mondonligi favqulodda vaziyatlarga tezroq javob berish va Markaziy Yevropadagi qo‘shinlarni yanada samarali boshqarish uchun yer ustidagi simli kommunikatsiyalarini qisqartirishni rejalashtirgan.
Natijada, bu rejalar bekor qilindi, ammo Lvovda yuqori qo‘mondonlik yig‘ilishlari o‘tkazilishi davom etdi.
Pragadagi tanklar
VShT mamlakatlarining yagona qo‘shma jangovar operatsiyasi 1968-yil avgust-sentabr oylarida Chexoslovakiyaga bostirib kirish va aksil-sotsialistik harakatlarni bostirish bo‘ldi. Buning uchun 400 mingga yaqin harbiy, olti mingdan ortiq tanklar, BTR va BMPlar jalb qilingan.
Operatsiya "Dunay" deb nomlangan. SSSR mamalakatga 18 motorli-qo‘chi, tank va havo-desant diviziya, 22 aviatsion va vertolot polklari, Polsha - besh piyoda diviziyasi va GDR – motorli-o‘qchi va va tank bulinmalarini kiritdi. Vengriya bitta piyoda diviziya bilan, Bolgariya ikkita polk bilan kifoyalandi.
"O‘sha kunlarda biz blokdagi ittifoqchilar bilan hamjihatlikda harakat qilishimizga to‘g‘ri keldi, - deb eslaydi Sovet motorli-o‘qchi rotasining komandiri, iste’fodagi mayor Pavel Shkunov. Muloqotda muammolar deyarli bo‘lmagan, chunki ittifoqdosh davlatlar armiyalarining zobitlarning ko‘pchiligi rus tilida yaxshi gapirishgan. Ammo shunda ham ihtilof sezilgan. Men polshalik kapitan bilan suhbatlashishga muvaffaq bo‘ldim. U so‘zlarini ehtiyotkorlik bilan tanlab, hamma jangovar do‘stlari ham tanklarni Pragaga kiritilishi ma’qullamasligini, ammo ular buyruqqa bo‘ysunishlarini aytdi. Oddiy askarlari siyosatdan yiroq bo‘lgan – shunchaki suhbatlashishib suvenirlar almashishgan".
1968 yilgacha VShTning yagona a’zosi - Chexoslovakiyada sovet qo‘shinlari bo‘lmagan. Praga bahori bostirilgandan keyin SSSR bu yerga 130 ming askar va zobitdan iborat katta armiya kontingentini joylashtirdi. Bu boradagi shartnoma Dunay operatsiyasining asosiy harbiy-siyosiy natijalaridan biri bo‘ldi.
Turli mamlakatlar harbiy xizmatchilarining qo‘shma harakatlari VShT rahbariyati tomonidan samarali deb topildi, biroq tashkilot birinchi yo‘qotishga duch keldi: blokni Albaniya tark etdi.