TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Rossiya va AQShning bugungi kungi munosabati “sovuq urush” davri munosabatlari darajasiga yetib bordi, dedi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin, Assoshiyeyted press nashriga bergan intervyusida.
“Mening fikrimcha, bugungi kunda umumiy vaziyat juda yomon, munosabatlar 1973-yildan buyon eng yomon darajaga yetgan bo‘lishi mumkin”, — dedi u.
Munosabatlarning bunday yomonlashuviga ma’lum voqealar zanjiri sabab. “Birinchi navbatda bu – o‘zaro hurmatning mutlaq yo‘qligi va siyosiy masalalarning chuqur muhokama qilinmayotgani”, — dedi Churkin.
Diplomatning so‘zlariga qaraganda, AQSh va NATO o‘z xavfsizlik tizimini “Rossiya hisobidan” kengaytirishga qaror qilishdi. Ushbu maqsadda ular Sharqiy Yevropa mamlakatlarini NATOga qabul qilishdi. 2008-yilda NATO sammitila Gruziya va Ukrainani ushbu tashkilotga qabul qilib ular eng yirik fitnani amalga oshirishdi.
“Sabr kosasining sinishi” esa – Ukrainadagi davlat to‘ntarilishi va Donbassdagi urush bo‘ldi, dedi Vitaliy Churkin.
Jiddiy kelishmovchiliklarga qaramasdan tomonlar hamkorlik qilishda davom etmoqda. Eron yadroviy kelishuvi va BMT Xavfsizlik kengashining Suriya bo‘yicha rezolyutsiyasi muvaffaqiyatli hamkorlik misoli ekanligini esga oldi, BMTdagi doimiy vakil.
Churkinning so‘zlariga qaaganda, Moskva Vashington bilan munosabatlarni yaxshilash tarafdori. “AQShda prezident ma’muriyati almashuvi bunga imkoniyat yaratsa – a’lo ish bo‘lar edi”, — dedi Rossiya vakili.