TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘tgan sutka davomida Tojikistonda koronavirusning yangi shtamm tashxisi qo‘yilgan olti nafar bemor vafot etdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligiga asosan.
14 maydagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 29 kishiga etdi.
Kuni kecha Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusdan yangi o‘lim holatlari yo‘qligini ma’lum qilgandi.
Tojikistonda koronavirus infeksiyasining birinchi holati 30-aprel kuni aniqlandi. Infeksiyaning mamlakat bo‘ylab tarqalishi haqida pandemiyani oldini olish bo‘yicha Respublika shtabi e’lon qildi.
Bugungi kunda koronavirus bilan og‘rigan bemorlar soni 907 kishiga etdi.
Hukumat Tojikistonda xavfli infeksiya tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rmoqda.