Tojikiston TIV rahbari insonparvarlik yordami uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi

© © Sputnik / Amir IsayevMinistr inostrannix del Tadjikistana Sirodjiddin Muxriddin
Ministr inostrannix del Tadjikistana Sirodjiddin Muxriddin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin O‘zbekiston elchisi Ergash Shoismatov bilan uchrashdi.

TOShKENT, 12-may — Sputnik. Tojikiston TIV rahbari Sirojiddin Muxriddin O‘zbekiston elchisi Ergash Shoismatovni qabul qildi. Bu haqda Sputnik Tojikiston mamlakat TIVga asosan xabar qildi.

Ekspert Aleksey Bichkov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Tojikiston bilan chegaralarni nazorat qilishni kuchaytirishi kerak - siyosatshunos

Muloqot chog‘ida Muxriddin O‘zbekistonning Tojikistonda koronavirusga qarshi kurashga qo‘shayotgan hissasini ijobiy baholadi. Tashqi ishlar vaziri davlat nomidan insonparvarlik yordami, bir shifokorlar guruhi uchun minnatdorlik bildirdi.

"Tojikiston ushbu harakatni ikki yaqin xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikning yorqin namoyishi sifatida ko‘radi", - deb ta’kidlandi Tojikiston TIVda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Tojikistonga insonparvarlik yordamini, konteynerlar hamda Tojikistonda ko‘chma shifoxonani tashkil qilishga yordam berish uchun bir guruh shifokorlarni yuborgandi.

Yangiliklar lentasi
0