O‘zbekiston hukumatida yangi tayinlov

© Sputnik/Viktor TolochkoPodpisanie dokumentov
Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bexzod Anvarovich Musayev Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi.

TOShKENT, 14-may — Sputnik. Prezident farmoni bilan Bexzod Anvarovich Musayev Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi.

Shu vaqtgacha ishsizlik nafaqasini to‘lash tamomila unutilgan ekan - Sherzod Kudbiyev

Bunga qadar B.A.Musayev Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, prezident farmoni bilan Sherzod Davlyatovich Kudbiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi. Unga “Soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi” maxsus unvoni berildi.

Kudbiyev bunga qadar prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Yangiliklar lentasi
0