Kim Chen In yana g‘oyib bo‘ldimi?

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishPredsedatel Gossoveta Koreyskoy Narodno-Demokraticheskoy Respubliki Kim Chen In
Predsedatel Gossoveta Koreyskoy Narodno-Demokraticheskoy Respubliki Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
May oyi boshida Shimoliy Koreya OAVlari davlat rahbarining o‘g‘itlar zavodining ochilish marosimidan fotosuratini e’lon qildi. O‘shandan beri undan biron bir bayonot kelmadi.

TOShKENT, 14-may — Sputnik. KXDR davlat kengashi raisi Kim Chen In yana yo‘qolib qoldi. Bu haqda The New York Post gazetasi va Bloomberg agentligi yozmoqda.

Kim Yo Chjon, sestra lidera Severnoy Korei Kim Chen In na seremonii vozlojeniya venkov v mavzolee Xo Shi Mina v Xanoe, Vyetnam - Sputnik O‘zbekiston
Kim Chen In singlisi KXDR rahbari bo‘lishga tayyorlanmoqda

OAVlar hisob-kitobiga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi 12 kundan beri omma oldida ko‘rinmayapti va hech qanday bayonotlar bermadi.

The New York Post gazetasi ta’kidlaganidek, davlat rahbarining yo‘qligi AQSh razvedka xizmatlarini "bu safar u tirik va o‘zini yaxshi his qilmoqda" degan fikrga olib keladi.

“Ehtimol, u haqiqatda fabrikada lentani kesishi mumkin, biroq biz bu suratlar haqiqiyligini tekshira olmaymiz”, - dedi AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Robert O’ Brayen.

Kim Chen In uch hafta davomida omma oldida ko‘rinish bermadi, xususan bir nechta muhim tadbirlarni - Shimoliy Koreyaning birinchi yetakchisi, uning bobosi Kim Ir Sen tavalludining keyingi yilligini o‘tkazib yubordi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya OAV KXDR yetakchisining yurak jarrohligi borligi va uning ahvoli og‘ir ekani haqida xabar bergandi. Shundan so‘ng ba’zi OAVlari va ijtimoiy tarmoqlarda uning sog‘lig‘iga tahdid va hatto uning o‘limi haqida mish-mishlar tarqala boshladi.

2 may kuni KXDR davlat matbuotida Sunchxonda o‘g‘itlar zavodining ochilish marosimidagi rahbarning fotosuratlari chop etgandi.

Yangiliklar lentasi
0