O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi davrida ijtimoiy to‘lovlar, pensiya va nafaqalarni naqd pulsiz to‘lovlarga to‘laligicha o‘tkazishga qaror qilindi, ammo joylarda, ayniqsa, viloyatlarda muayan muammolar aniqlanganidan keyin mablag‘larni naqd pul shaklida qoldirishga qaror qilindi.
Rossiyalik tahlilchining fikriga ko‘ra, dunyoda elektron pullarga o‘tish tobora kuchayib bormoqda. Masalan, Skandinaviya va YeI mamlakatlarida deyarli barcha to‘lovlar naqd pulsiz shakldadir, ammo hamma davlatlarda ham bunday modelni amalga oshirib bo‘lmaydi.
"Keksa odamlar, deylik, qisqa vaqt ichida yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishlari va kartalar yoki onlayn to‘lovlardan foydalanishga muvaffaq bo‘lishini tasavvur qilish qiyin. Mamlakatning chekka hududlarida bankomatlarning mavjudligi ham yetarli darajada emas. Joriy voqelikda elektron mablag‘larga o‘tish asta-sekin amalga oshiriladi, lekin yana uzoq vaqt davomida haqiqiy pul bizning mamlakatlarda muomalada qoladi", - deydi Korenev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, onlayn to‘lov tizimlarining afzalliklari ko‘p - bu ham xavfsizlik, ham banklar va iste’molchilar uchun minimal xarajatlar. Ammo haqiqiy puldan puldan butunlay cheklanishning deyarli ilojisi yo‘q.
"Misol uchun aytsak, yaqinda Nyu-Yorkda yaqinda ro‘y bergani kabi elektrenergiyani global miqyosda o‘chirilishi elektron pullardan foydalanishni shubha ostiga qo‘yadi. Qandaydir muayan darajada naqd pullar baribir muomalada qoladi", - deya xulosa qildi tahlilchi.
Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida tahlilchining batafsil sharhini rus tilida tinglang