Niqob, qo‘lqop va jarima: Moskva metrosida o‘zbek tilida e’lonlar paydo bo‘ldi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishPolitseyskie i passajir na stansii metro "Novokuzneskaya" v Moskve
Politseyskie i passajir na stansii metro Novokuzneskaya v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva meriyasi 12-maydan boshlab ko‘chada va jamoat transportida niqob va qo‘lqop taqish majburiy talabini joriy etdi.

TOShKENT, 13-may — Sputnik. Moskva metrosida o‘zbek, qirg‘iz va tojik tillarida e’lonlar paydo bo‘ldi.

“12 maydan boshlab Moskva metrosida va Markaziy aylanasida niqob va qo‘lqop kiyish shart. Ularni oldindan sotib oling. Xavfsizlik talablarini buzish jarima bilan jazolanadi” – deb yozilgan.

Metro foydalanuvchilari yangi qoidalarini buzganlik uchun jarimaga tortilishi haqida ogohlantirildi.

© Facebook V moskovskom metropolitene poyavilis obyavleniya na uzbekskom yazike
Niqob, qo‘lqop va jarima: Moskva metrosida o‘zbek tilida e’lonlar paydo bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
V moskovskom metropolitene poyavilis obyavleniya na uzbekskom yazike

Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida Moskva meriyasi tomonidan 12-maydan boshlab ko‘chada va jamoat transportida niqob va qo‘lqop taqish majburiy talabini joriy etdi.

Moskvada bir sutka davomida 5392 yangi koronavirus holati aniqlandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxtda koronavirusning 121 301 holati qayd etildi. COVID-19  yangi holatlarining 80% dan ortig‘i 65 yoshgacha bo‘lgan odamlarda aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0