TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 2018-yil oxiriga qadar O‘zbekistonga 300 million dollar kredit mablag‘lari ajratishni niyat qilgan, deb xabar qildi ushbu moliya tashkilotining birinchi vitseg‘prezidenti Filipp Bennet.
Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar YeTTB O‘zbekistonga uchta loyiha bo‘yicha 120 mln dollar kredit ajratishni tasdiqlagan edi. Ushbu mablag‘dan 100 mln dollari Milliy bankka, kichik biznesni qo‘llabg‘quvvatlash maqsadlariga ajratiladi. Qolgan 20 mln dollar Agromir Juice va Jurabek Laboratories kompaniyalari orasida taqsimlanadi.
"YeTTB aksionerlari O‘zbekistonda faoliyatini qayta tiklashga qaror qilganidan beri biz bir necha loyihalar tayyorladik. Ular shu yilning oxiriga qadar yoki kelasi yil davomida imzolanishi kerak. Bu bizga kelajakki ishonch bilan qarash imkonini beradi", — dedi Filipp Bennet.
"Biz nafaqat moliya resurslari bo‘yicha, balkim davlat va xususiy korxonalar hamkorligida? qayta tiklanadigan energiya manbaalari sohasida va madaniy me’rosni saqlab qolish sohalarida ham hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Bu sohalarda bizning tajribamiz juda katta", — deb qo‘shimcha qildi bank vakili.
Bennetning so‘zlariga ko‘ra, bankning respublikadagi faoliyati va amalga oshirilayotgan loyihalar muvaffaqiyati O‘zbekiston tomonidan o‘tkazilayotgan islohotlarga bevosita bog‘liq.
"Shu hafta oxirigacha biz 120 mln $lik loyihalarni imzolaymiz. Undan tashqari 2018-yil oxiriga qadar O‘zbekistonga yana 300 mln $ kredit ajratishni rejalashtirganmiz", — dedi bank vakili.
Shu bilan bir vaqtda, YeTTB ma’lum bir mamlakat uchun cheklangan budjet yo‘qligini ma’lum qildi. Bozorda talab bo‘lsa va vaziyat imkon bersa, bank kelajakda ham mablag‘ kiritishda va o‘zbekistonga sarmoyadorlarni jalb etishda davom etadi.