TOShKENT, 13-may — Sputnik. LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy deputatlarning sonini ikki baravarga qisqartirishni taklif qildi.
Rossiyada barcha deputatlar sonining qisqarishi pulni tejash va mahalliy parlamentlarda ijtimoiy masofani ta’minlash imkonini beradi.
Uning fikriga ko‘ra, parlament saylovlari ham 2-3 yilda bir marta o‘tkazish lozim.
“Odamlar saylov uchastkalarida kamroq to‘planishi uchun - Davlat dumasiga kampaniya, tanaffuz va boshqa qonun chiqaruvchi kengashlariga kampaniya, ”
Bundan avval siyosatchi bosh vazir Mixail Mishustinga bu kabi taklif bilan murojaat qilgandi. Jirinovskiy majlis xonalarida deputatlar orasidagi masofa kamida ikki metr bo‘lishi kerak, deya o‘z taklifini izohlagandi. Uning fikricha, bundan "mamlakatda hech narsa o‘zgarmaydi, aksincha yaxshiroq bo‘ladi".