Charter reyslarda kim birinchi qaytariladi - Rossiyadagi elchixona javobi

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Mediabankka o‘tishMigranti v Moskve
Migranti v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi kunlarda elchixona va konsullik bo‘limi atrofida O‘zbekistonga charter reyslar orqali qaytishni xohlagan fuqarolar to‘plana boshlagan. Bu ham turli kasalliklar, xususan, COVID-2019 koronavirus infeksiyasiga chalinish xavfini oshirmoqda.

TOShKENT, 13-may - Sputnik. Rossiyadagi O‘zbekiston elchixonasi RF hududida bo‘lib turgan vatandoshlarga murojaat bilan chiqdi. 

Ministr inostrannix del Rossii Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Hech kim migrantlardan Rossiyani tark etishni talab qilayotgani yo‘q - Lavrov

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston fuqarolari Rossiyadan olib ketish uchun tashkil etilayotgan charter reyslari keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi vatandoshlarimizning va blogerlarning o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish jarayonidan norozi bo‘lib bildirgan fikrlari va videolavhalari tarqalmoqda.

Xabarda aytilishicha, 2020-yil 12-may holatiga ko‘ra, elchixona konsullik bo‘limi tomonidan tuzilgan onlayn-ro‘yxatga vatanga qaytish istagini bildirgan 55 ming kishi kiritilgan. Bu kabi ro‘yxatlar O‘zbekistonning Rossiya hududlaridagi Bosh konsulxonalari tomonidan ham yuritilib, ularda taxminan 10 mingga yaqin fuqaro qayd etilgan. Joriy yili 11-12-may kunlarining o‘zida 14 ming vatandoshimiz O‘zbekistonga qaytishda yordam so‘rab elchixonaga murojaat qildi.

Hozirgi vaqtda Elchixona o‘z imkoniyatlari va vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiyadan imkon qadar tez muddatda olib chiqishga barcha kuchlarini safarbar qilgan. Tezkor shtab tuzilgan, 9 ta xodimdan iborat maxsus guruh tashkil etilib, u doimiy ravishda fuqarolar bilan ishlab kelmoqda.

Banknoti nominalom 1000 i 2000 rubley - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga moddiy yordam ajratiladi

Ma’lumki, charter reyslariga birinchi navbatda keksa, kasal fuqarolar, homilador va bolali ayollar, shuningdek, ilgari bekor qilingan doimiy reyslarga chiptasi bor fuqarolar joylashtiriladi. Shu sababli elchixona diplomatlari tomonidan tasdiqlovchi hujjatlar so‘ralganda vatandoshlardan vaziyatni to‘g‘ri tushunishlari va tegishli hujjatlarni taqdim etishlari so‘ralmoqda.

Bundan tashqari, so‘nggi kunlarda Elchixona va Konsullik bo‘limi atrofida charter reyslari orqali O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan fuqarolarimiz to‘planishi kuzatilmoqda. Ushbu holat turli kasalliklar, shu jumladan, COVID-2019 koronavirus infeksiyasini yuqtirish xavfini orttiradi.

 

"Elchixona Rossiyadagi o‘zbekistonliklarning COVID-2019 koronavirusi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirlari va Vatanga, o‘z oila va yaqinlari bag‘riga qaytish istagini yaxshi tushunadi. Shu bilan birga, Elchixona Rossiyadagi vatandoshlarimiz to‘qnash kelayotgan moliyaviy qiyinchiliklar haqida ham xabardor bo‘lib, shu kunlarda “Mehr” loyihasi doirasida fuqarolarimizga bir marta beriladigan moddiy yordam to‘lab berishni boshladi", - deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0