Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga moddiy yordam ajratiladi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishBanknoti nominalom 1000 i 2000 rubley
Banknoti nominalom 1000 i 2000 rubley - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada bo‘lib turgan hamda COVID-19 virusi pandemiyasi sababli joriy qilingan cheklovlar tufayli og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga bir marta beriladigan moddiy yordam to‘lanadi.

TOShKENT, 13-may — Sputnik. 2020-yil 14-maydan O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi va Rossiya hududlaridagi bosh konsulxonalari Rossiyada bo‘lib turgan hamda COVID-19 virusi pandemiyasi sababli joriy qilingan karantin tufayli og‘ir vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga bir marta beriladigan moddiy yordamni to‘lab berishni boshlaydi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Mablag‘ elchixona ochgan xayriya hisob raqamiga kelib tushgan mablag‘lar hisobidan to‘lanadi.

Bir martalik moddiy yordam Rossiyadagi quyidagi toifadagi mamlakat fuqarolariga to‘lab beriladi:

  • Nogironlar – tegishli tasdiqlovchi hujjat (ma’lumotnoma) taqdim etilgan taqdirda;
  • Qaramog‘ida 2 yoshgacha farzandi bo‘lgan hamda homilasi 7 oylikdan oshgan ayollar – zarur tasdiqlovchi hujjatlar (bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma, tibbiyot muassasidan ma’lumotnoma) taqdim etgilgan holda;
  • COVID-19 virusi tasdiqlangan shaxslar – tegishli tasdiqlovchi hujjat asosida;
  • Rossiya oliy o‘quv yurtlari kunduzgi bo‘limlarida tahsil olayotgan talabalar – o‘qish joyidan tegishli ma’lumotnoma asnosida.

Mazkur yordam Rossiyada belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda bir martalik pul mablag‘ini to‘lab berish shaklida amalga oshiriladi.

Moliyaviy yordamni olish uchun elchixona tomonidan maxsus ishga tushirilgan o‘zbek va rus tillaridagi “mexr.rf”  elektron portali orqali murojaat yuborish lozim.

Elchixona xayriya bank raqamiga moliyaviy mablag‘lar o‘tkazgan homiylar, sheriklarga va Alisher Usmonovga ular ko‘rsatgan keng ko‘lamli yordami uchun alohida minnatdorlik izhor etgan.

Yangiliklar lentasi
0