TOShKENT, 10-may — Sputnik. Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi yo‘l-transport hodisasida KAMAZ haydovchisi qurbon bo‘ldi.
IIV YHXBB axborot xizmati xabarida yozilishicha, hodisa 9-may kuni soat 03:20 larda “Shifobuloq” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1322 km.da “Toshkent-Termiz” yo‘nalishi sodir bo‘lgan.
46 yoshli KAMAZ rusumli yuk mashinasi haydovchisi F.J. harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada yo‘lning o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa urilgan va yo‘ldan chiqib ketgan.
© Press-slujba GUBDD MVD UzbekistanaVoditel KAMAZa v Baysune pogib, vrezavshis v bordur
Voditel KAMAZa v Baysune pogib, vrezavshis v bordur
© Press-slujba GUBDD MVD Uzbekistana
Haydovchi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan O‘zbekiston JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.