O‘zbekiston Tojikiston bilan chegaralarni nazorat qilishni kuchaytirishi kerak - siyosatshunos

© Sputnik TadjikistanEkspert Aleksey Bichkov
Ekspert Aleksey Bichkov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siyosiy tadqiqotlar instituti MDH davlatlari departamenti boshlig‘i, siyosatshunos Aleksey Bichkov Markaziy Osiyoda aholining radikal islomlashtirilishiga qarshi kurash haqida gapirdi.

Shu kunlarda O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbarlari asosiy e’tiborni koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bejensi iz provinsii Gazni v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston shimolida tojik jangarilarining faolligi oshmoqda - "Tolibon"ga yordam

Siyosatshunos Aleksey Bichkov Mirziyoyev hokimiyat tepasiga kelguniga qadar 20-yildan ko‘proq vaqt davomida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida oliy darajada aloqalar deyarli bo‘lmaganligini eslatdi.

Koronavirus – umumiy tahdid, ammo bu ikki mamlakat prezidentlari uchun qator boshqa masalalarni ham muhokama qilish uchun imkoniyatdir, deya ta’kidladi ekspert.

"Tabiiyki, O‘zbekiston pandemiyadan so‘ng keladigan iqtisodiy inqirozdan tezroq chiqadi. Tojikiston og‘irroq vaziyatga tushib qoladi, unda qator tashqi tahdidlar mavjud - aholining islomlashuvi. "Islom davlat" terrorchilik uyushmasi* Suriya, Eron va Iroqdan deyarli siqib chiqarildi. Shuning uchun uning a’zolari yaqin orada Markaziy Osiyoga bostirib kirishi mumkin. O‘zbekiston uchun Tojikiston islomiy tahdidning oldini olishda muhim sherikdir", - dedi Bichkov Sputnik Tojikistonga.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan islomiy intervensiya (kuch bilan bostirib kelishi) omilini istisno qilish uchun O‘zbekiston Tojikiston bilan chegaralarni nazorat qilishni kuchaytirishi kerak.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Bichkov: dlya Uzbekistana Tadjikistan — vajniy partner v borbe s IG
Yangiliklar lentasi
0