Tartibni mensishmadi: Samarqandda karantin qoidalari kuchaytirilmoqda

© Informatsionnaya slujba GUBDD MVD RUzKarantin v Uzbekistane
Karantin v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda shaharda SES inspeksiyasi, IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va milliy gvardiya xodimlaridan iborat 10 ta mobil nazorat guruhi ishlamoqda

TOShKENT, 12-may - Sputnik. Ertadan, 13-maydan boshlab Samarqand shahrida karantin choralari yana kuchaytirilmoqda.

Karantin - Sputnik O‘zbekiston
"Vaziyat murakkablashdi": "sariq” toifada bo‘lgan Zarafshon shahri "qizil" hududga aylandi

Ta’kidlanishicha, karantin qoidalarining yanada qat’iylashtirilishiga ayrim fuqarolarning "choralar yumshatilishi mensishmagani, su’iiste’mol qilganliklari" sabab bo‘lgan.

Shu tufayli, 13-may ertalab soat 07:00 dan 10:00 gacha hamda kech 17:00 dan 20:00 gacha bo‘lgan avtotransport vositalarining erkin harakatlanishi cheklanadi;

* oziq-ovqat savdo do‘konlari, dorixonalar va dehqon bozorlari faoliyatiga ruxsat beriladi. Bundan boshqa barcha xizmat turlari cheklanadi;

* oziq-ovqat savdo do‘konlari, dorixona va dehqon bozorlariga kirishda har bir kishining tana harorati o‘lchanadi. Bozor yoki savdo majmuasiga kirayotganda dez vositalar bilan ishlov beriladi;

Kak karantin izmenil Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Karantin tugamadi: u bosqichma-bosqich yumshatib boriladi

* shaharga kirishda o‘rnatilgan 25 ta blok postlar faoliyati kuchaytiriladi. Shaharga maqsadsiz kirish va shahar ichida maqsadsiz va stikerlarsiz harakatlanish cheklanadi;

* shahardagi viloyat va shahar tashkilotlarida karantin qoidalariga qat’iy amal qilinishi nazorat qilinadi va bunda boshqarma va tashkilot rahbarlarining shaxsiy mas’uliyati oshiriladi. Karantin qoidalariga amal qilmagan tashkilot rahbarini O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan ma’muriy javobgarlikka tortilishi masalasi huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi;

* mulkchilik shaklidan qat’iy nazar boshqarma, tashkilot va muassasalarga begona shaxslar kiritilmaydi. Har bir tashkilotning kirish eshigida doimiy navbatchilik tashkil etiladi. Shuningdek, har bir tashkilot xodimlari korxonaga kirishida tana harorati o‘lchanib, dezinfeksiya qilinadi.

Ayni paytda shaharda SES inspeksiyasi, IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va milliy gvardiya xodimlaridan iborat 10 ta mobil nazorat guruhi ishlamoqda. Yana 15 ta shunday guruh tashkil qilinadi va kunlik nazorat ishlari davom ettiriladi.

Yangiliklar lentasi
0