"Vaziyat murakkablashdi": "sariq” toifada bo‘lgan Zarafshon shahri "qizil" hududga aylandi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaKarantin
Karantin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarga ko‘ra, cheklovlar Zarafshon shahrida vaziyat barqarorlashgunga qadar, kamida 14 kun davomida saqlanib qoladi.

TOShKENT, 11-may - Sputnik. Koronavirus bilan kasallanishning yangi o‘choqlari yuzaga kelgani bois, "sariq” toifada bo‘lgan Zarafshon shahri "qizil" hududga aylandi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasi axborotida keltirilgan.

Statsionarniy post dps na Drujbe narodov - Sputnik O‘zbekiston
Karantin choralari yengillashtiriladigan hududlar alohida belgilanadi

"Respublika maxsus komissiyasi joriy yilning 9 va 11-may kunlari Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida koronavirus bilan kasallanishning yangi o‘choqlari yuzaga kelgani, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi takliflarini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasining qarorlariga muvofiq, Navoiy viloyatining boshqa shahar va tumanlari toifasiga o‘zgartirish kiritmagan holda "Sariq" toifada bo‘lgan Zarafshon shahri “Qizil” toifadagi hududga o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilindi", - deyiladi xabarda.

Unga ko‘ra, koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik holatdan kelib chiqib, “qizil” toifadagi hudud uchun muayan faoliyat turlari yuzasidan belgilangan cheklovlar Zarafshon shahrida vaziyat (kamida 14 kun davomida) barqarorlashgunga qadar saqlanib qoladi.

Yangiliklar lentasi
0