O‘zbekistonda COVID-19: 12-may asosiy xabarlari

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishTestirovanie na koronavirusnuyu infeksiyu
Testirovanie na koronavirusnuyu infeksiyu  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda koronavirusdan to‘liq tuzalganlar soni 2040 nafarga yetdi. Davolanish ko‘rsatkichi 80 foizga yetdi.

TOShKENT, 12-may — Sputnik. Bugun, 12-may soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2 547 nafarni tashkil qilmoqda.

Karantin v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Tartibni mensishmadi: Samarqandda karantin qoidalari kuchaytirilmoqda

O‘zbekiston MDH davlatlar orasida bemorlar soni bo‘yicha 8-chi o‘rinda.

Tuzalish dinamikasi

O‘zbekistonda koronavirusdan to‘liq tuzalganlar soni —2 040 nafarga yetdi.

Bugunning o‘zida Andijon (4), Surxondaryo (4), Namangan (7), Xorazm (18) hamda Toshkent shahri (19) koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. 469 kishi davolanmoqda.

Buxoro, Andijon, Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi koronavirusdan xoli xudud maqomini olishga yaqinlashmoqda.

Samarqand - karantin

Ertadan, 13-maydan boshlab Samarqand shahrida karantin choralari yana kuchaytiriladi:

- 13-may ertalab soat 07:00 dan 10:00 gacha hamda kech 17:00 dan 20:00 gacha bo‘lgan avtotransport vositalarining erkin harakatlanishi cheklanadi.

- oziq-ovqat savdo do‘konlari, dorixonalar va dehqon bozorlari faoliyatiga ruxsat beriladi. Bundan boshqa barcha xizmat turlari cheklanadi.

- oziq-ovqat savdo do‘konlari, dorixona va dehqon bozorlariga kirishda har bir kishining tana harorati o‘lchanadi. Bozor yoki savdo majmuasiga kirayotganda dez vositalar bilan ishlov beriladi.

- shaharga kirishda o‘rnatilgan 25 ta blok postlar faoliyati kuchaytiriladi. Shaharga maqsadsiz kirish va shahar ichida maqsadsiz va stikerlarsiz harakatlanish cheklanadi

Ayni paytda shaharda SES inspeksiyasi, IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va milliy gvardiya xodimlaridan iborat 10 ta mobil nazorat guruhi ishlamoqda.

Ofis kompanii Beeline v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Beelinening 90dan ortiq xodimi karantinga joylashtirildi

Charter reys

24 mayga qadar fuqarolarni xorijdan (Turkiya, Rossiya, Hindiston, Buyuk Britaniya, BAA) olib kelish bo‘yicha charter reylar ro‘yxati e’lon qilindi.

Amalga oshiriladigan parvozlarga diplomatik vakolatxonalar hamda konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro‘yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va fuqarolar ushbu ro‘yxat asosida havo kemasi bortiga kiritiladi.

Ro‘yxatga birinchi navbatda kasal yoki bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo‘yiladi.

O‘zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.

Dunyo va COVID-19

COVID-19 dunyoning 180 dan ortiq davlatga yetib bordi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan kishilarning soni 4 milliondan oshdi, 283 ming kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0