Hindistonda COVID-19 ga qarshi antitanachalarni tezlikda aniqlaydigan analiz yaratildi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishGospital COVID-19 FKS VMT FMBA RF
Gospital COVID-19 FKS VMT FMBA RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hind hukumati koronavirusga antitanachalarni aniqlash bo‘yicha xitoy testlaridan voz kechmoqda. Hind hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, xitoy testlari ular kutgan ta’sirchanlikni bera olmagan. Xitoy hindlarning ushbu bayonotini rad etdi.

TOShKENT, 11-may - Sputnik. Hindiston virusologiya instituti organizmda SARS-CoV-2 koronavirusi infeksiyasiga qarshi antitanachalarni aniqlaydigan analizni ishlab chiqdi, deb xabar bermoqda Sputnik radiosi.

Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus +30 °S issiqda infeksion faolligini yo‘qotadi - Rospotrebnadzor

Ta’kidlanishicha, Hindistonda ishlab chiqilgan tahlillar qon namunalarida mavjud immunoglobulinlarni aniqlashga qodir ekan.

"Bu komplekt Mumbayning 2ta uchastkasida sinovdan o‘tkazildi va u yuqori aniqlilik hamda yuqori ta’sirchanlikka ega. Bundan tashqari, uning afzalligi shundaki, u bir vaqtning o‘zida 2,5 soat ichida 90ta namunani testdan o‘tkazishi mumkin va tibbiyot xodimlariga bemorlarni ajratish bo‘yicha zarur ishlarni tezlikda amalga oshirish imkonini beradi". - deb yozgan sog‘liqni saqlash vaziri Xarsh Vardxan Twitterda.

U shuningdek, testlarni ommaviy ishlab chiqish bo‘yicha texnologiyalar farmatsevtik kompaniyalarga topshirilgani, dorilarni nazorat qilish bo‘yicha bosh boshqarma kompaniyalarga ularni ishlab chiqish bo‘yicha ruxsatnoma taqdim etganini qo‘shimcha qildi.

Sotrudnik laboratorii upakovivayet biomaterial, sobranniy dlya analiza na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Karantindan so‘ng koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzatilishi mumkinmi?

Hind hukumati koronavirusga antitanachalarni aniqlash bo‘yicha xitoy testlaridan voz kechmoqda. Hind hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, xitoy testlari ular kutgan ta’sirchanlikni bera olmagan. Xitoy hindlarning ushbu bayonotini rad etdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 67,1 mingdan oshgan, shu jumladan 20,9 ming kishi sog‘aygan, 2206 kishi vafot etgan.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirusi infeksiyasi tarqalishini pandemiya, deb e’lon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0