Koronavirus +30 °S issiqda infeksion faolligini yo‘qotadi - Rospotrebnadzor

Obuna bo‘lish
Koronavirus +30 °S issiqda faolligini yo‘qotadi +70 gradusda mutlaq nobud bo‘ladi deb xabar qildi Rospotrebnadzor.

TOShKENT, 8-may - Sputnik. Koronavirus +30 °S issiqda o‘zining infeksion faolligini yo‘qotadi, deb xabar qildi Rossiya iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi muassasa - Rospotrebnadzor. RT xabariga asosan. 

"Yangi koronavirus SARS-CoV-2 issiq havoni yoqtirmaydi va +30 °S daraja issiqda o‘zining infeksion faolligini yo‘qotadi. Shuningdek +70 daraja issiqda virus mutlaq faolligini yo‘qotadi", - deyilgan muassasa xabarida. 

Shuningdek, kam darajali namlik va quyosh nurlari ham koronavirus yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi. deyilgan mutaxassislar xulosasida. 

Biroz oldin Rossiya meterologiya markazi ham havo harorati isishi bilan koronavirus faolligi pasayishini bashorat qilishgan edi. 

Ma’lumot uchun, Rossiyada so‘nggi sutka ichida COVID-19ga chalinganlar soni 83 ta hududda 10 699  kishini tashkil qildi. Kasallanganlar jami soni esa 187 mingdan ortiq. 

Yangiliklar lentasi
0