TOShKENT, 11-may — Sputnik. COVID-19 pandemiyasi hayotning barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatdi, ayniqsa global iqtisodiyotga katta ta’sir ko‘rsatdi: neft va gazga talab pasayib ketdi.
Avvalroq, biz ba’zi mamlakatlar - O‘zbekiston, Turkmaniston va Qozog‘iston Xitoyga gaz yetkazilishini qisqartirish haqida o‘ylashayotgani haqida yozgan edik. Shu qatorda, ushbu tashabbus aynan Pekin tomonidan bildirilgan.
Biroq, ma’lum bo‘lishicha, COVID-19 va u bilan bog‘liq cheklovlar milliy iqtisodiyotga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, benzinga talab keskin pasaydi. O‘zbekistonning ayrim hududlarida bu ko‘rsatkich 80 foizgacha kamaydi.
Bu haqda "O‘zbekneftegaz" rahbari Mehriddin Abdullayev S&P Global'ga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mart oyi oxiri va aprel oyi davomida Toshkentda benzinga talab 70-80 foizga, mamlakatning boshqa mintaqalarida esa o‘rtacha 60-65 foizga pasaydi.
Shu bilan birga, may oyida AI-80 benzini narxi sezilarli darajada pasaydi.
Eslatib o‘tamiz: shu oy boshidan boshlab mamlakatda AI-80 benzini va dizel yoqilg‘isi, shu jumladan "EKO" markasi uchun chakana narxlarni davlat tomonidan tartibga solinishi bekor qilindi.
O‘zbekiston prezidentining "Neft va gaz sanoatining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoyishiga muvofiq, neftni qayta ishlash zavodlari ularni endilikda birja savdolari orqali sotmoqda.