Arzon benzin o‘zbek avtosanoatini saqlab qoladimi - ekspert fikri

© © iz lichnogo arxiva Shaparina AntonaShaparin Anton
Shaparin Anton - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda AI-80 va AI-92 benzinlari arzonlashmoqda. Rossiyalik eskpert bunday harakatlarning ahamiyati katta bo‘lmaydi, avtosanoatni boshqa choralar bilan qo‘llab-quvvatlash kerak deb hisoblaydi.

Mart oyining oxiridan boshlab O‘zbekistonda AI-80 va AI-92 benzinlari narxlari asta-sekin pasaytirilmoqda. Bundan tashqari, hukumat qiyin davrda aholi tomonidan mahalliy ishlab chiqarilgan mashinalar sotib olinib, shu bilan sanoatni qo‘llab-quvvatlanishi maqsadida turli imtiyoz va preferensiyalar orqali mahalliy avtosanoatni rag‘batlantirishga harakat qilmoqda.

Avtozapravochnaya stansiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda AI-80 markali benzin narxi arzonlashdi

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva shahri bo‘yicha bosh boshqarmasi kengashi a’zosi, Rossiya milliy avtomobil ittifoqi vitse-prezidenti Anton Shaparinning fikriga ko‘ra, yoqilg‘i narxining pasayishi avtomobilsozlik holatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi dargumon.

“Hozirda benzin nafaqat O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda arzonlamoqda, balki Yevropa va AQShda ham xuddi shunday tendensiya kuzatilmoqda. Ammo bunday siyosat to‘g‘ridan-to‘g‘ri yangi mashinalar ishlab chiqaruvchilariga yordam berishi dargumon. Odamlar inqiroz sharoitida yangi mashinalarni eskirganlarini o‘rniga afzal ko‘rishiga umid qilishi asossiz – aksincha, odamlar tejash yo‘llarini izlaydilar. Iste’molchilar uchun ham narxlarning pasayishi oddiy avtomobilchilarga yordam berishi qiyin masala – O‘zbekistondagi mavjud benzin asosan import qilinadi", - dedi Shaparin.

Zapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnix stansiy. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Ai-92 markali benzin yana arzonlashdi

U avtosanoatni boshqa usullar bilan ham, masalan, Rossiyada bo‘lgani kabi davlat buyurtmalari orqali ham qo‘llab-quvvatlash mumkinligini qo‘shimcha qildi. Ammo Markaziy Osiyoda bunday choralar kuzatilmayapti.

Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida mutaxassisning to‘liq fikrini rus tilida tinglash mumkin.

Spaset li desheviy benzin uzbekskiy avtoprom — mnenie eksperta
Yangiliklar lentasi
0