Xorijda bo‘lib turgan 800dan ortiq o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribil v Tursiyu s vizitom
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribil v Tursiyu s vizitom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish uchun charter reyslar tashkil qilingan. Bugun, 11-may kuni Frankfurt shahridan charter reys orqali yana 168 nafar o‘zbekistonlik kelishi kutilmoqda.

TOShKENT, 11-may - Sputnik. Dubay, Minsk, Seul va Dehli shahridan 800 nafardan ortiq o‘zbekistonliklar vatanga olib kelindi. Bu haqda TIV matbuot-xizmati xabar bermoqda.

V Tashkent priletel samolet s passajirami iz g. Uxan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston fuqarolarini Hindiston va Koreyadan olib kelish uchun charter reys tashkil etadi

"O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan 2020-yil 8-10 may kunlari Dubay, Minsk, Seul va Dehli shaharlaridan 800 nafardan ortiq hamurtlarimiz charter reyslar orqali vatanimizga olib kelindi", - deyiladi xabarda.

O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish uchun charter reyslar tashkil qilinganligi qo‘shimcha qilingan.

Shuningdek, bugun, 11-may kuni Frankfurt shahridan charter reys orqali 168 nafar o‘zbekistonlik kelishi kutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston fuqarolarini boshqa davlatlardan vatanga qaytarish uchun aviareyslar tashkil etish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari qaytib kelgandan keyin Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

Yangiliklar lentasi
0