O‘zbekiston fuqarolarini Hindiston va Koreyadan olib kelish uchun charter reys tashkil etadi

© Press-slujba MinzdravaV Tashkent priletel samolet s passajirami iz g. Uxan
V Tashkent priletel samolet s passajirami iz g. Uxan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Minsk shahridan 150 nafar fuqarolar maxsus charter reys bilan Toshkentga olib kelingan.

TOShKENT, 10-may — Sputnik.  O‘zbekiston o‘z fuqarolarini Hindiston va Janubiy Koreyadan olib kelish uchun charter reys tashkil etadi. Bu haqda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi xabar qilmoqda.

“10 may kuni “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi tomonidan Toshkent – Dehli – Toshkent havo yo‘nalishi orqali maxsus (charter) reys tashkil etiladi. Shuningdek, yana 10-may kuni Toshkent-Seul-Toshkent yo‘nalishida charter reys qo‘yilishi kutilmoqda”, - deyilgan xabarda.

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Belorussiyadagi vakili Abrorjon Rahmonovning ma’lum qilishicha, Minsk shahridan 150 nafar fuqarolar bo‘lgan maxsus charter reys Toshkentga qarab uchgan.

Terminal prinyal pervix passajirov, priletevshix reysom Uzbekskix avialiniy iz Seula v Tashkent. - Sputnik O‘zbekiston
TIV: xorijdagi fuqarolarni qaytarish uchun yangi reyslar haqida ma’lumotga ega emasmiz

Ta’kidlanishicha, 8-may kuni ham BAAdan vatandoshlarni olib kelish uchun charter reys tashkil etilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-may kungi videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonga qayta olmagan 11 mingga yaqin xorijdagi vatandoshlarni Rossiya, Turkiya, Dubay va boshqa joylardan olib kelinishini aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi oxirida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi chet eldagi fuqarolar qaytishlari uchun yangi charter reyslar jadvali haqida ma’lumotga ega emasligini ma’lum qilgan edi.

Charter reyslarni tashkillashtirish to‘g‘risida Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qilinishi va  ularning yo‘nalishlari to‘g‘risidagi xabar internet resurslarda e’lon qilinishi ta’kidlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0